5-sinf Vatan tuyg‘usi
5-sinf Vatan tuyg‘usi — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 112 betdan iborat, 5-sinf Vatan tuyg'usi fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
2 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. ISBN 978-9943-04-132-5 Ushbu qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinflari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda Vatan va vatanparvarlik bilan bog‘liq bilim va tushunchalar Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengil- mas kuch» hamda «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitoblari asosida boyitilib, zamonaviy talablar ruhida yoritib berilgan. UO‘K 94(575.1) KBK 74.200.50 M a s ’ u l m u h a r r i r: falsafa fanlari nomzodi Abdurahim Erkayev S H A R S H A R S H A R S H A R S H A R T L I B E L G I L A T L I B E L G I L A T L I B E L G I L A T L I B E L G I L A T L I B E L G I L A R: R: R: R: R…
3 KIRISH KIRISH KIRISH KIRISH KIRISH Qadrli o‘quvchi, shu kunlarda mamlakatimizda Mustaqillik bayra- miga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar, sayil va tomoshalar bo‘lib o‘tmoqda. Ona yurtimiz haqida, uning mustaqilligi to‘g‘risida go‘zal so‘zlar, she’r va qo‘shiqlar eshitib, istiqlol naqadar buyuk ne’mat ekanini barchamiz yurak-yurakdan his etmoqdamiz. Ana shu damlar- da qalbimizda «Shunday ozod va obod Vatanga munosib farzand bo‘lish uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozim?», «Vatan tuyg‘usi, Vatanga muhabbat qanday ishlarda namoyon bo‘ladi?» degan savollar tug‘ilishi tabiiy, albatta. Bunday savollarga javob topishda «Vatan tuyg‘usi» darsligi sizga yordamchi va maslahatchi bo‘ladi, deb o‘y…
4 Rasmlarga e’tibor bering! Ularda tasvirlangan samolyot- larning ikkalasi ham chiroyli. Ammo mamlakatimiz bayrog‘i rangidagi samolyot alohida ajralib turibdi. U ko‘zimizga bamisoli cho‘g‘dek yarqirab ko‘rinmoqda. Buning sababi nima deb o‘ylaysiz? Siz bugun o‘rganishga kirishayotgan fanning asosiy maqsadi xalqimizga, yurtimizga fidoyi va sadoqatli yoshlarni tarbiyalashdan iborat. «Vatan tuyg‘usi» fanining asoschisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovdir. Ushbu fan Yurtboshimizning 2001-yil 18-yanvarda imzolangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida»gi farmoyishi…