5-sinf Geografiya
5-sinf Geografiya — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 113 betdan iborat, 5-sinf Geografiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
Gulyamov Pataxkamal Nasirovich. «Geografiya» (Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi): umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik /P.Gulyamov/ - Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 5-nashri.- T.: «MITTI YULDUZ», 2020. — 112 bet. I. Gulyamov Р.N. ISBN 978-9943-64-87-0-8 UO‘К: 91(075.3)+26.8ya72 КBK 26.8ya72 Mas’ul muharrirlar: A.Nig‘matov – geografiya fanlari doktori, professor; M. Mirakmalov – geografiya fanlari nomzodi, dotsent. Taqrizchilar: R. Ibragimova – geografiya fanlari nomzodi, dotsent; V. Fedorko – Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 233-maktabning oliy toifali geogra- fiya fani o‘qituvchisi, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); R.Abdiyev – Navoiy shahar 11-A…
3 DARSLIK BILAN QANDAY ISHLASH KERAK? Siz bu yildan boshlab yangi fan – Geografiyani o‘rganasiz. Bizning buyuk bobokalonlarimiz geograf iyani yaxshi bilishgan, shuning uchun ham ushbu fanga oid qimmatli va qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Geograf iyani yaxshi o‘rganish uchun sizda qo‘lingizdagi darslikdan tashqari, «Tabiiy geograf iya boshlang‘ich kursi» atlasi, yozuvsiz xarita hamda katak chiziqli daftar bo‘lishi zarur. Shuningdek, rangli qalamlar, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, sirkul va ba’zi topshiriqlarni bajarish uchun kompas va globus ham kerak bo‘ladi. Paragraf oxirida berilgan topshiriqlarni bajarganingizda, savollarga javob berganingizda dars likdagi rasm va xaritalardan foyd…
4 Geografiya fani va uning rivojlanishi 1-§. kirish. Geografiya nimani o‘rganadi? Geografiya va uning tarmoqlari haqida tushuncha. Geogra- fiya juda qadimgi fan. Qadimgi yunon olimi Eratosfen kitob yozib, uni «Geografika» deb atagan. Yunoncha «ge» – Yer, «grafo» – yozaman degan ma’noni bildiradi. Binobarin, «Geografiya» so‘zi «Yerni tasvir lab yozaman», «Yerning tasviri» degan ma’nolarni anglatadi. Geogra- fiya Yer yuzining tabiati, aholisi, uning xo‘jaligini, insonning tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish masalalarini o‘rganadigan fandir. Geografiya bilan shug‘ullanadigan kishilarni geograflar deb ataymiz. Uzoq vaqtgacha geograflar Yer yuzi tabiatini, aholisi va mamla katlarni…