5-sinf Tarixdan hikoyalar
5-sinf Tarixdan hikoyalar — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 184 betdan iborat, 5-sinf Tarix fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
2 Matnni o‘qib, tushunib o‘rganing. Matnda uchraydigan tarixiy shaxslar, joylar va atamalarni bilib oling. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni sinab ko‘rish uchun savollar. O‘zingizni sinang. Mas’ul muharrir: O‘. Mavlonov – Avloniy nomidagi XTXQTMOMI «Ma’naviyat asoslari» kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori. Taqrizchilar: A. Hazratqulov – tarix fanlari doktori; Sh. Ergashev – tarix fanlari nomzodi; A. Xidirov – O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi. © U. Jo‘rayev va boshq., 2015 © Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2015 UO‘Ê: 372.893(075) KBÊ 63.3(5O‘)ya72 J96 ISBN 978-9943-05-737-1 Shartli belgilar Mualliflar: U. Jo‘rayev, Q. Usmonov, A. Nurqulov, G. Jo‘raye…
3 KIRISH: TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q Vatan ta’rifi. Vatan! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no bor. Vatan – aziz muqaddas va mo‘tabar yurtdir. Yodda tuting! «Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi. Vatan – biz tug‘ilgan makon. Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq. Vatan – bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz bilan birga yashayotgan zamin. Bobolarimizning izlari qolgan yer. Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi javohirdir. Vatan – jonajon shahringiz va qishlog‘ingizdir. Insonning qalbi, orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani bilan chambarchas bog‘liqdir. Muqaddas «Vatan» so‘zi mo‘tabar «ona» so‘zi bilan yonma-yon turadi. Chunki, Vatan ham ona kabi yag…
4 Siz kinofilmlarda turli sabablarga ko‘ra uzoq muddat chet ellarda bo‘lib, o‘z Vataniga qaytgan kishilarining samolyotdan yoki poyezddan tushgach tiz cho‘kib ona Vatanlarining tuprog‘ini o‘pganlarini va ko‘zlariga surtganlarini ko‘rgansiz. Bu manzarada ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatlari, Vatanning sajdagohdek muqaddas ekanligining yorqin namunasini ko‘ramiz. O‘zbekiston – bizning Vatanimiz. O‘zbekiston o‘tmishda Turon, Movarounnahr va Turkiston nomlari bilan atalgan. Ming yillar mobaynida mamlakatimiz hududida xilma-xil dinlar va madaniyatlarga ega bo‘lgan insonlar tinch-totuv yashab kelganlar. Diyorimiz o‘zining go‘zal tabiati, unumdor tuprog‘i, bitmas-tuganmas boyliklari bilan doim bar…