5-sinf Texnologiya
5-sinf Texnologiya — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 240 betdan iborat, 5-sinf Texnologiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
ISBN 978-9943-26-356-7 © Sharipov Sh., Muslimov N., Tolipov O‘., Abdullayeva Q., Qo‘ysinov O., Sattorov V., Ahmadaliyev S., Mo‘minova M., 2015 © «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2015 UO‘K: 372.8(075) KBK 74.263 М–47 Mehnat ta’limi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik / Mualliflar: Sh. Sharipov va boshq. – T.: «Sharq», 2015. – 240 b. ISBN 978-9943-26-356-7 UO‘K: 372.8(075) KBK 74.263 М-47 M u a l l i f l a r : Sh. Sharipov, N. Muslimov, O‘. Tolipov, Q. Abdullayeva, O. Qo‘ysinov, V. Sattorov, S. Ahmadaliyev, M. Mo‘minova Ta q r i z c h i l a r : I. Karimov – Qo‘qon Davlat pedagogika instituti dotsenti, p.f.n.; Z. Shamsiyeva – Respublika ta’lim markazi «Musiqa, san’at, mehnat…
3 K I R I S H Aziz o‘quvchilar! Mehnat ta’limi sizni mehnat turlari va ja- rayonlari, kasblar bilan tanishtiradi, ularni qadrlashni o‘rgatadi. Sizda dastlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalarni, yara- tuvchanlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi. Mehnat ta’limi darslarida turli amaliy mashg‘ulotlarni bajarib, kelajakdagi kundalik turmushingizda zarur bo‘ladigan ishlarni bajarishni o‘rgana borasiz. Har bir o‘quvchi maktab davridan o‘zini mehnatga, bo‘lajak kasbiy faoliyatiga tayyorlab bormog‘i lozim. Buning uchun mehnatsevarlik, ijodkorlik, tirishqoqlik, intizomlilik, berilgan topshiriqlarni bajarishda mas’uliyat bilan yondashish kabi sifatlarni o‘zingizga odat qilib olishingiz kerak. Bu b…
4 I y o ‘ n a l i s h TЕXNOLOGIYA VA DIZAYN 1-bob. MЕTАLLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR Mеtаllga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi Mеhnat ta’limi mashg‘ulоtlari umumiy o‘rta ta’lim maktabla- rining o‘quv ustaхоnalarida tashkil etiladi. Bu yerda o‘quvchilar uchun alоhida jihоzlangan ish o‘rinlari ajratilgan (1-rasm). 1-rasm. Metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi: 1 – kitob va qo‘llanmalar uchun shkaf; 2 – sinf doskasi; 3 – o‘qituv-chining ish o‘rni; 4 – stullar; 5 – chilangarlik dastgohlari; 6 – charxlash dastgohi; 7 – chilangarlik stanogi; 8 – parmalash stanogi; 9 – maxsus kiyimlar uchun shkaf; 10 – asbob va materiallar uchun shkaf; 11 – chiqindilar u…