5-sinf Tasviriy san’at
5-sinf Tasviriy san’at — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 128 betdan iborat, 5-sinf Tasviriy san'at fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
UO‘K: 741(075)372.874 KBK 85.1я72 К 88 Taqrizchilar: R. Rajabov – Nizomiy nomidagi TDPU «San’at» fakulteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi; N. Boymurodova – Respublika ta’lim markazi bosh metodisti; I. Rahmonov –Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 1-maktabning oliy toifali o‘qituvchisi Kuziyev, Tursunali va boshq. Tasviriy san’at. 5: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik/ T. Kuziyev, S. Abdirasilov, O‘. Nurtoyev, A. Sulaymonov. –Tosh- kent, «O‘zbekiston», 2015. – 128 b. ISBN 978-9943-28-336-7 UO‘K: 741(075)372.874 KBK 85.1я72 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. ISBN 978-9943-28-336-7 © Kuziyev va boshq., 2015 © «O‘zbekiston» NM…
3 1-d a r s. TASVIRIY SAN’ATNING IFODA VOSITALARI HAQIDA SUHBAT (Reproduksiyalarni tahlil etish asosida) Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari va ifodaviy tilini tushunish va undan tasviriy-ifodaviy faoliyatda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyat- ga ega. Tasviriy san’atning ifodaviy tili sifatida kompozitsiya, chiziq, dog‘, rang, hajm, shakl, fazo, faktura tushunchalari, taniqli yirik musavvirlar asarlarining tahlili egallaydi va ular rangtasvir, grafi ka, haykaltaroshlik, san’atshunoslik asoslari bo‘limlari orqali amalga oshiriladi. Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari sifatida rangtasvirda rang, surt- ma, chiziq, rang dog‘lari, rangdor va yorug‘lik kontrastlari, grafi kada esa, chiziq, s…
4 asarlarida shodlik tuyg‘usi, umid-orzular, xavotirlik, qayg‘u-g‘amginlik kabi insoniy hissiyotlarni ochib beradi. Rangtasvir asari yaratishda rang surtmalari ifoda vositasi sifatida qo‘llaniladi. Rassomlar rangtasvirda rang surtmalarining turli shakllaridan foydalanadilar. Bu surtmalar rassomning ish uslubini belgilab beradi. Mash- hur rassom Van Gog «San-Maridagi dengiz» asarini yaratishda rang surtma- larini o‘rinli qo‘llaganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekistonlik rassomlar rang surtmalaridan tasviriy san’atning ifo- daviy vositasi sifatida manzara, naturmort janrlarida ham mahorat bi- lan ijod qilganlar. Musavvirlar M.Nabiyevning «Amir Temur portreti», R.Ahmedovning «Yoz ne’ matlari» mav…