3-sinf Odobnoma
3-sinf Odobnoma — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 96 betdan iborat, 3-sinf Odobnoma fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
UO‘K: 17(075.2) KBK: 74.200.51 X 72 Xoliqova, Mohira. Odobnoma : umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3- sinfi uchun darslik / M. Xoliqova, Sh. Ergasheva. - Tuzatilgan va to‘ldirilgan to‘rtinchi nashri — Toshkent: Yangiyul Poligraph Service, 2019. — 96 b. UO‘K: 17(075.2) KBK: 74.200.51 © «Yangiyul Poligraph Service», 2019. ISBN 978-9943-5711-4-3 © M. Xoliqova, Sh. Ergasheva, 2019. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. Taqrizchilar: A. Hasanov — tarix fanlari nomzodi, dotsent A. Norboyev — Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi D. Vohidov — A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI katta o‘qituvchisi S. Sharipova — Shayhontohur tumani 324- maktabning boshlang‘ich sinf …
3 Aziz o‘quvchi! Qo‘lingizdagi kitob Sizning «Odobnoma» fanidan 1–2- sinflarda olgan bilim- laringizni yanada kengaytirishga, mustahkamlash- ga xizmat qiladi. 3- sinfda Siz odobli bola qanday fazilatlarga ega bo‘lishi, turli vaziyatlarda o‘zini qay tarzda tutishi, oilasiga, Vataniga qanday foyda keltirishi haqida juda ko‘p narsalarni bilib olasiz. Bilim egallash uchun ko‘p o‘qish, o‘rganish ke rak. Sizda buning uchun vaqt va imkoniyatlar ye tarli. O‘ylaymizki, Siz vaqtni bekor o‘tkazmaysiz, imkoniyatlardan unumli foydalanasiz.
5 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI — MUSTAQIL DAVLAT Mustaqillik — ulug‘ ne’mat. Mustaqil davlat xalqi erkin va ozod bo‘ladi. Tarixda hech bir xalq o‘z mustaqilligiga osonlik bilan erishmagan. Ota-bobolarimiz ham asrlar davomida ozodlik uchun kurash olib borganlar. Shiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari buyuk ajdodlarimiz hayoti bunga misoldir. 1991- yil 31- avgustda davlat mustaqilligi e’lon qilindi. 1- sentabr Mustaqillik kuni sifatida ni shonlanadi. Shu paytdan boshlab mamlakatimiz rivojlanish yo‘liga qadam qo‘ydi. Islom Karimov O‘zbekistonning Birinchi Prezi- dentidir. U xalqimizni mustaqil rivojlanish yo‘liga olib chiqdi. Mustaqil davlat boshqa bir davlatga tobe bo‘lmayd…