3-sinf O‘qish
3-sinf O‘qish — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 283 betdan iborat, 3-sinf Ona tili fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
2 ISBN 978-9943-22-349-3 Mas’ul muharrir: Ulug‘bek Hamdamov – filologiya fanlari doktori. Ta q r i z c h i l a r : Baxtiyor Mengliyev – filologiya fanlari doktori, professor; Qimmatxon Mamatqulova – RTM boshlang‘ich ta’lim bo‘limi metodisti; Ma’mura Zohidova – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘quv-metodika bo‘limi bosh mutaxassisi; Fotima Karimova – Toshkent shahar Chilonzor tumani 281-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituv- chisi. Shartli belgilar: – savollar – savol va topshiriqlar – uyga vazifa – darsning tugashi – topshiriqlar – topishmoqlar – maqollar © M. Umarova va b. © „O‘qituvchi“ NMIU, 2019 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. UO‘Ê: 373.3.016:821-82(…
3 BIZ BUYUK YURT FARZANDIMIZ Vatan madhi Orif To‘xtash Dunyoda yurtlar ko‘p, turli xalqlar yashaydi. Lekin har bir odam bolasining aziz bilgan tuprog‘i bor. Bu tug‘ilib o‘sgan joyi, o‘z Vatanidir. Bizning Vatanimiz esa – jonajon O‘zbe- kiston! Biz mana shu aziz zamin farzand- larimiz! Biz ulug‘ bobolarimizdan meros bu azim tuproqning har zarrasini ko‘zga surtamiz, muqaddas hisoblaymiz! Aslida, yer yuzasini qamrab turgan barcha hududning tuprog‘i bir xil. Biroq uni tabarruk qilguvchi shu zamin egalaridir. RASM
4 Bizning O‘zbekiston deya atalmish serqu- yosh Vatanimizda ne-ne mutafakkirlar, qancha- dan qancha aziz-u avliyolar, olim-u fuzalolar kamolga yetmadi, deysiz?! Shuning uchun ham bu zaminni dunyo ahli buyuk deya e’tirof eti- shadi. Shu ma’noda biz buyuklar yurti far- zandlarimiz. Bundan faxrlanamiz. Ammo unut- masligimiz ham kerakki, dunyolarga dars ber- gan ulug‘ bobokalonlarimizning tabarruk qoni bugun bizning tomirlarimizda jo‘sh urmoqda! Aziz bolajon! Sizning safingizda iqtidorsiz yo- ki uquvsiz bolaning o‘zi yo‘q. Kelajak orzular sari eltguvchi barcha imkoniyatlarga egasiz! 1. Nima uchun matn „Vatan madhi“ deb nomlangan? 2. Siz Vataningiz ravnaqi uchun qanday hissa qo‘shmoqchisiz? Yurti…