9-11-sinflar uchun Konstitutsiya olimpiadasi: ro'yxat 18-noyabrgacha
Fan olimpiadalari markazi 9–11-sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha respublika onlayn olimpiadasini o'tkazmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish 18-noyabrgacha davom etadi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Olimpiada qanday o'tkaziladi?
Sinovlar noyabr oyining oxirgi o‘n kunligida to‘liq onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar Konstitutsiyaga oid test savollariga javob berishadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Olimpiadada barcha davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari qatnashishi mumkin. Bilimlaringizni sinab ko'ring.
O'tkazib yubormang!
Mavzuga oid: Asosiy olimpiada tuman bosqichiga ro'yxat 10-oktabrda tugaydi.
O‘xshash maqolalar
Reklama