Musiqa o'qituvchilariga ustama: 60 balldan pastga to'lanmaydi
Umumta'lim tashkilotlarining musiqa fani o'qituvchilariga o'quvchilarning ijrochilik darajasiga qarab har oy ustama to'lanadi. Bu haqda hukumatning 2026-yil 11-noyabrdagi qarorida belgilangan.
Ustama miqdorlari
O'quvchilarning cholg'u asboblarini ijro etish darajasiga qarab ustama miqdorlari quyidagicha belgilanadi:
- 95–100 ball — 20 foiz.
- 90–94 ball — 18 foiz.
- 85–89 ball — 16 foiz.
- 80–84 ball — 14 foiz.
- 75–79 ball — 12 foiz.
- 70–74 ball — 10 foiz.
- 65–69 ball — 8 foiz.
- 60–64 ball — 5 foiz.
60 balldan past natija uchun ustama to'lanmaydi.
To'lov tartibi
Ustamalar o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan hisoblanadi va direktor jamg'armasi mablag'lari hisobidan ta'lim muassasasi direktorining buyrug'i asosida to'lanadi.
Mavzuga oid: Musiqa madaniyati o'qituvchilari uchun imtihon: ro'yxat 10-noyabrgacha.
O‘xshash maqolalar
Reklama