Kimyo 9-sinf
Kimyo 9-sinf darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 208 betdan iborat, 9-sinf Kimyo fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni o'qishKitobdan namuna
UO‘K 54(075) KBK 24ya721 24.1 Asqarov I.R. Kimyo 9: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining A 86 9- sinfi uchun darslik / I.R.Asqarov, K.G.G‘opirov, N.X.To‘xtaboyev/, 4- nashr. — T.: «O‘zbekiston» NMIU, 2019. — 208 b. I. 1,2. Muallifdosh. ISBN 978–9943–07–261–9 UO‘K 54(075) ÊBK 24.1ya72 Taqrizchilar: A.Q. Abdushukurov — O‘zbekiston Milliy universiteti professori, kimyo fanlari doktori; Sh.M. Mirkomilov — ToshDPU kimyo va kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi professori; Sh.A. Qodirova — O‘zbekiston Milliy universiteti professori v.b., kimyo fanlari doktori; Sh. Ganiyeva — Toshkent shahar Sergeli tumani 104-maktab- ning kimyo fani o‘qituvchisi; L. Boboqulova — Toshkent shahar Yunusobod tumani 258-m…
3 Kirish Insonlar qadimdan kimyoviy moddalar va hodisalar bilan tanish bo‘lganliklari tarixdan ma’lum. Kimyoning dastlabki rivojlanish davrlaridagi fikr, tasavvur, tadqiqotlar rivojlanishida ko‘plab chet ellik olimlar bilan bir qatorda o‘zbek olimlarining ham munosib o‘rinlari bor. O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar amaliy faoliyatida kon qazish, temir eritish, cho‘yan ishlab chiqarish, shisha tay yorlash, sopol buyumlar yasash kabi ishlar, kimyoviy modda lardan foydalanib tayyorlangan bezaklar, qog‘ozlar, yozuvlar, attorlik buyumlari uchun zarur bo‘lgan simob va uning birik malari, efir moylari, surma, o‘simliklardan tayyorlangan dori- darmonlar keng qo‘llangani haqida ma’lumotlar m…
4 873—950- yillarda yashab ijod qilgan Abu Nasr Forobiyning ilmiy ishlari kimyo uslublarini rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy (973—1048- yillar) esa o‘zining davrida ma’lum bo‘lgan tog‘ jinslari, minerallar, metallar va ular asosidagi ko‘p lab boshqa birikma, qotishma, hosilalarni o‘rganib, ularning xossalari haqida mashhur “Mineralogiya” asarini yaratgan. “Kitob as-saydana” kitobida mineral dorilar haqida fikr yurit gan. Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida tavallud topgan Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980—1037) o‘rta asrlarning yirik kimyogarlaridan bo‘lib, “Risolat al-iksir”, “Kitob ash-shifo”, “Tib qonuni” kabi asarlarida ko‘pgina kislota, ishqor, shifobaxsh m…