Biologiya 9-sinf
Biologiya 9-sinf darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 192 betdan iborat, 9-sinf Biologiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni o'qishKitobdan namuna
Mazkur darslik yangi Davlat ta’lim standartlari va dasturi asosida qayta yozildi. O‘quv materiallari zamonaviy va qiziqarli usullarda bayon etilgan. Darslikda Vatanimiz olimlarining yirik kashfiyotlariga, ularning ilmiy ahamiyatiga keng o‘rin berilgan. Mavzularga oid matn va suratlar, savol-topshiriqlar hamda laboratoriya ishlari qayta ko‘rib chiqildi, to‘ldirildi va kengaytirildi. SHARTLI BELGILAR: LABORATORIYA MASHG‘ULOTI SAVOLLAR TOPSHIRIQLAR 28.0 B70 Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari: 9-sinf: Umumiy o‘rta ta’lim mak- tablarining 9- sinfi uchun darslik. A. Zikiryayev , A.To‘xtayev , I.Azimov, N.Sonin; 5- nashri. T.: “Yangiyul Poligraph Service”, 2019- y. -192 b. I. Zikiryayev A. …
KIRISH Biologiya — hayot haqidagi fan bo‘lib, yunoncha “bios” — hayot, “logos” – ta’limot (fan) degan ma’noni anglatadi. Biologiya atamasi 1802- yilda fransuz olimi J.B.Lamark va nemis oli mi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan. Biologiya hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Biologiyaning o‘rganish obyekti bu – viruslar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, ularning organ, to‘qima, hujayra tarkibi, hujayralarda kechadigan jarayonlar hamda organizmning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi, hamjamoalari, ularning o‘zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi. Biologiya fanlari sistemasi. Biologiya tadqiqot va te…
Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan bo‘lib, biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo‘llanilgan. Uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Kuzatish usuli bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bu usuldan tirik orga nizmlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ta’riflashda foydalaniladi. Taqqoslash usuli tirik organizmlarning turli sistematik guruhlar, or- ganizmlar, biogeotsenozlarning tarkibiy qismlaridagi o‘xshashlik va far- qini aniqlash yo‘li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan. Bu usulda olingan ma’lumotlar bilan hujayra nazariyasi, biogenetik va irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni kashf etilga…