Kimyo 8-sinf
Kimyo 8-sinf darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 208 betdan iborat, 8-sinf Kimyo fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni o'qishKitobdan namuna
Kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator I.R.Asqarovning umumiy tahriri ostida. Taqrizchilar: K.Rasulov — Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, kimyo fanlari nomzodi; G.A.Nuraliyeva — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti noorganik va analitik kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n.; O.G‘oipova — Toshkent shahar 34- maktab kimyo fani o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi; F.Tojiyeva — Toshkent shahar 102- maktab kimyo fani o‘qituvchisi; X.Pardayeva — Toshkent shahar 277- maktab kimyo fani o‘qituvchisi; D.Asqarova — Toshkent shahar 26- maktab kimyo fani o‘qituvchisi; D.Ochilov — Karmana tumani 21- maktab kimyo fani o‘qituvchisi. © I. A…
SO‘ZBOSHI Fan va texnika jadal rivojlanayotgan bugungi kunda kimyo fani sirlarini ilmiy asosda o‘rganish nafaqat kimyo, balki biologiya, fizika, matematika, geografiya, geologiya, astronomiya kabi fanlarni o‘rga nishda ham muhim ahamiyatga egadir. Yangi texnologik jarayonlarga doir bilimlarni egallash ham kimyoviy bilimlarga asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. “Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”1. Davlat ta’lim standartlarida 8- sinfda kimyo fanini o‘qitishda o‘r ganilishi ko‘zda tutilgan Davriy qonun, kimyoviy elementlar davriy sistemasi, kimyoviy bog‘lanishlarning turlari, azot, olting…
4 SO‘ZBOSHI masala-mashqlarni yechishlari uchun har bir bobda masala yechish ning namunaviy usullari keltirildi. Shuningdek, nazariy bilimlar tevarak atrofdagi voqea va hodisalar bilan uzviy bog‘langan holda bayon qilindi. Ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun har bir mavzuga oid savol, top shiriq hamda test topshiriqlari berildi. O‘rganilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun galogenlar, oltingugurt, azot mavzulari bo‘yi cha tajribaviy masalalar yechishga, ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazishga hamda mineral o‘g‘itlarni aniqlashga doir amaliy mash g‘ulotlarni bajarish tartibi keng yoritildi. O‘rganilishi rejalashtirilgan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni osonlashtiris…