Adabiyot 10-sinf
Adabiyot 10-sinf darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 184 betdan iborat, 10-sinf Ona tili fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni o'qishKitobdan namuna
UO‘K: 821=512.133(075.3) KBK: 83.3(5O‘)ya721 A 29 Ta q r i z c h i l a r: N. Rahmonov – filologiya fanlari doktori, professor; M. Valiyeva – Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 274-maktab ning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. © B. To‘xliyev va boshq. © «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017 ISBN 978-9943-07-535-1 UO‘K: 821=512.133(075.3) KBK: 83.3(5O‘)ya721 Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova A 29 Adabiyot [Matn]: darslik-majmua / B. To‘xliyev [va boshq.], – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 184 b. ISBN 978-9943-07-535-1
3 Sen bu kun sinfda shod yurak bilan Sinov navbatini kutib turasan. A’lo mamlakatning a’lo farzandi, Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi! G‘afur G‘ulom ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI O‘QUVCHI! Bugun o‘ninchi sinf ostonasida turibsiz. Yosh qalbingizda orzular jo‘sh urib, xayolingizda ezgu niyatlar kezib yuribdi. Siz kunlar, oylar va yil o‘tgan sari jamiyat hayotiga aralashib, turli tanish va notanish odamlar bilan suhbatdosh bo‘lishingiz tabiiy. Insonning ko‘ngliga yo‘l topish, hayotdan zavqlanib yashash, sodiq do‘stlar orttirish, so‘zlash odobi, kattaga hur mat, kichiklarga izzatda bo‘lish kabi kundalik turmush hodi salarini ma’lum bir andoza va me’yorga solishingizda, albatta, badiiy adabiyot siz…
4 beradi. Shunday komillik yo‘lida badiiy adabiyot Siz azizlarga beqiyos xizmat qiladi. Adabiyot xazinasidagi tilla sandiq be baho dur-u javohir – injular bilan to‘la; unda bitmas-tuganmas milliy-ma’naviy qadriyatlar zaxirasi jamlangan. Bu ma’navi yat xazinasidan bahramandlik ulkan hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan siz kabi oqil-u dono yosh avlodning tafakkuriga qanot bag‘ishlaydi, tasavvurini kengaytiradi. Sharqda qadim-qadimdan shaxsning jamiyat va davlat bilan uyg‘unlik darajasi e’tiborda turgan. Aytish mumkinki, har bir shaxs tabiatidagi o‘ziga xos xislatlari inkor etilmagani holda, uning jamiyat bilan muvofiq bo‘lishi rag‘batlantirilgan. Badiiy adabiyot shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnin…
Shunga o'xshash darsliklar