Adabiyot 10-sinf (2-qism)
Adabiyot 10-sinf (2-qism) darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 184 betdan iborat, 10-sinf Ona tili fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni o'qishKitobdan namuna
UO‘K: 821=512.133(075.3) KBK: 83.3(5O‘)ya721 A 29 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. © B. To‘xliyev va boshq. © «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017 ISBN 978-9943-07-535-1 Ta q r i z c h i l a r: N. Rahmonov – filologiya fanlari doktori, professor; M. Valiyeva – Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 274-maktab ning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. A 29 Adabiyot [Matn]: darslik-majmua / B. To‘xliyev [va boshq.], – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 184 b. ISBN 978-9943-07-535-1 UO‘K: 821=512.133(075.3) KBK: 83.3(5O‘)ya721 Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova
3 Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahmudxo‘ja to g‘asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan. Arab tili gram matikasini kichik tog‘asi Mulla Odildan o‘rgangan. Behbudiy 1899–1900-yillarda hajga boradi; 1903–1904-yil larda Moskva, Peterburgga hamda 1906-yili Qozon, Ufa, Nij niy Novgorod, Misr va Turkiyaga safar qiladi. Behbudiy XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida munosib o‘rin ga ega. Uning hayoti va ijodiy faoliyati jamiyat hayotidagi jiddiy o‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keldi. Behbudiy Turkistonda maktab va maorif, matbuot va teatr, jurnalistika sohalarda ijti moiy-siyosiy, adabiy-ma’rifiy faoliyat olib bordi. Qishloqlarda…
4 Turkistondagi maktablar islohoti Behbudiy nomi bilan bog‘liq. Behbudiy yangi usuldagi maktablar tashkil etish ishi da jonbozlik ko‘rsatadi. Tirikchilikka o‘zini urgan xalqni dun yoning eng ilg‘or millatlari qatoriga qo‘shish uchun maktab larning o‘zi kamlik qilar edi. Shu bois Behbudiy Samarqand shahrida 1913-yili «Samarqand» nomli gazeta va «Oyna» jurnalini nashr ettira boshlaydi. Ularda millat ahvoli, uning haq-huquqi, milliy til qadri, chet tillarini o‘rganish va tarix masalalariga doir maqolalar e’lon qiladi. Behbudiy o‘z dav rida ziyolilarning yetakchisi, ma’rifat fidoyisi, millatparvar sifatida taniladi. Butun umrini jaholat va zulmatni ilm-ma’rifat yog‘dusi bi lan yoritishga…
Shunga o'xshash darsliklar