Adabiyot 11-sinf (2-qism)
Adabiyot 11-sinf (2-qism) darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 200 betdan iborat, 11-sinf Ona tili fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni o'qishKitobdan namuna
UO‘K: 821=512.133(075.3) KBK: 83.3(5O‘)ya721 A 29 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. © B. To‘xliyev va boshq. © «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018 ISBN 978-9943-07-618-1 UO‘K: 821=512.133(075.3) KBK: 83.3ya72 T a q r i z c h i l a r: N. Rahmonov – filologiya fanlari doktori, professor; X. Hamraqulova – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi; Sh. Toshmirzayeva – filologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. M a s ’ u l m u h a r r i r Vahob Rahmonov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Xalqaro Bobur mukofoti…
3 Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yil Buxoro shahri- da tug‘ildi. Dastlab eski maktabda, keyin Mirarab madra- sasida, XX asr boshlarida Istanbulda tahsil oldi. U yerda ijod bilan jiddiy shug‘ullandi. O‘sha davrda «Munozara», «Hind sayyohi bayonoti» singari nasriy asarlari hamda «Say- ha» («Chorlov») nomli she’riy to‘plami chop etildi. 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha Samarqandda bosilgan «Hurri- yat» gazetasiga muharrirlik qildi. 1918-yil Fitrat Toshkentga keladi va asosan, adabiy, ilmiy-ma’rifiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1921-yil Buxoroga taklif etiladi. Shu davrda Fitrat tashabbusi bilan 70 nafar turkistonlik iqtidorli yoshlar Ger- maniyaga o‘qishga yuboriladi. Fitrat 1923…
4 ning hozirgi Yunusobod tumani Bo‘zsuv qirg‘og‘ida otib tashlandi. Mustaqillik davrida Abdurauf Fitrat ijodi keng ommaga qayta yetkazildi. Uning hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim ilmiy risolalar yozildi. ABULFAYZXON Yo‘qsul o‘lkasining tarixidan besh pardali fojia (Drama qisqartirib berildi.) K I M S A L A R1 A b u l f a y z x o n2 – Buxorodagi o‘zbek xonlarining so‘nggisi; qirq-ellik yoshlarda. U l f a t – xonning xo‘jasaroyi (haram boshlig‘i); qirq-ellik yoshlarda. D a v l a t t o‘ q s o b a – xonning yaqin xizmatchilaridan. Q o z i N i z o m – Buxoroning qozi kaloni. Ellik-oltmish yoshlarda. H a k i m b i y – xonning inog‘i, so‘ngra otalig‘i; ellik-oltmish yoshlarda. R a h i m q o‘ r ch …
Shunga o'xshash darsliklar