7-sinf Adabiyot
7-sinf Adabiyot darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 369 betdan iborat, 7-sinf Adabiyot fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
Yo‘ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo‘ldoshbekov J. «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2005, 2009, 2013, 2017 Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. Qayta ishlangan 4-nashri / Q. Yo‘ldoshev, B. Qosimov, V. Qodirov, J. Yo‘l doshbe- kov. – T.: «Sharq», 2017. – 368 b. 1.1.3. Hammuallif. ISBN 978-9943-26-611-7 UO‘K 82(075.3) KBК 83.3 UO‘K 82(075.3) КBК 83.3 А–29 ISBN 978-9943-26-611-7 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi hisobidan chop etildi. А–29 M a s ’ u l m u h a r r i r : Vahob RAHMONOV, filologiya fanlari nomzodi
3 BADIIY SO‘Z QUDRATI lohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilar- ki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu bo‘ ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kun - larning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») – degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifo- dasi bo‘lmish ana shu birgina so‘zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga kel- di. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bil- sa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega bo‘lgan so‘z bilan ish ko‘radigan san’at turidir. Shuning…
4 ruhiy holat jilvalarini faqat so‘z yordamida ifoda etish mum- kin. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlaridan asosiy ish quroli va materiali so‘z ekanligi bilan ajralib turadi. San’atning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson hayo ti yoki hissiyotining faqat birgina holatini ifoda eta olad i. Badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki kimsa ning hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, uning o‘tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta’sirchan va jonli tasvirlay oladi. Demak, odamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda ko‘rkam (badiiy) adabiyotning imkoniyati benihoya katta. Siz teatr, kino, televideniyeda ham shunday imkoniyatlar bor-ku, deyishingiz mumkin. Unu…