7-sinf Texnologiya
7-sinf Texnologiya darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 240 betdan iborat, 7-sinf Texnologiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
3 Kirish O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hukumatimiz tomonidan ta’lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor namunasidir. Bu hujjatlar O‘zbekistonning har jihatdan taraqqiy etishini ta’minlabgina qolmay, shaxs va inson omiliga katta e’tibor berishni taqozo qiladi va barcha sohada o‘zgarishlar bo‘lishini nazarda tutadi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bunda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan mehnat ta’limi fani o‘zining muhim o‘rniga ega. Bugungi kunda siz yoshlarga kasb tanlashingizda, barkamol shaxs…
4 TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI 1. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR Yog‘ochning kimyoviy va texnologik xossalari Yog‘ochning kimyoviy xossalari. Yog‘och asosan organik mod dalardan tashkil topgan bo‘lib, umumiy massasining 99 foizi turli yog‘och navlarining kimyoviy tarkibi deyarli bir xil bo‘ladi. Quruq yog‘och o‘rtacha 49 foizi uglerod, 44 foizi kislorod, 6 foizi vodorod, 0,1– 0,3 foizi azoddan tarkib topadi. Yog‘och yondirilganda uning noorganik qismidan kul qoladi. Kulning tarkibiga kalsiy, kaliy, natriy, magniy va boshqa kimyoviy elementlar kiradi. Ushbu elementlar selyulloza, lignin kabi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi. Bundan tashqari yog‘ochning t…
5 biriktirishda burama mixni to‘g‘ri ishlatish, ya’ni uni albatta yog‘ochga burab kiritish lozim. Yog‘ochning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning metall mixlarni tutib qolish sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi yoki buzilmaslik qobilyati, uning mexanik xossasi deyiladi. Yog‘ochlarning puxtaligi, qattiqligi, yegiluvchanligi, qovushqoqligi, mo‘rtligi, yoriluv chanligi va mixlanuvchanligi ularning mexanikaviy xossalarini tashkil etadi. Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’sirida buzilmasdan va mumkin qadar shaklini o‘zgartirmasdan qarshilik ko‘rsata olish qobilyati yog‘ochning puxtaligi deb ataladi. Yog‘ochlarning puxtaligi siqilishga v…