11-sinf O‘zbekiston tarixi
11-sinf O‘zbekiston tarixi — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 144 betdan iborat, 11-sinf Tarix fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
ISBN 978-9943-5292-3-6 UO‘K 94(575.1)(075.3)=222.8 KBK 63.3(5O‘)ya721 J 96 UO‘K 94(575.1)(075.3)=222.8 KBK 63.3(5O‘)ya721 Mas’ul muharrir: Rahimov M.A. – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor Taqrizchilar: Mavrulov A.A. – Tarix fanlari doktori, professor; Po‘latova S.A. – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz bo‘lim mudiri, t.f.n., dotsent; Shamsiyeva I.M. – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz katta ilmiy xodimi, t.f.n., dotsent; Jo‘rayev O‘.O. – Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i; Matlyubov…
3 KIRISH XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi. Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir…
4 davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi. Demokratik an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Jumladan, kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma- bosqich o‘tish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, …