11-sinf Astronomiya
11-sinf Astronomiya — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 176 betdan iborat, 11-sinf Fizika fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
UO‘K 52(075.3) KBK 22.6ya72 M 23 Mazkur darslik, unga qo‘yilgan talablarga ko‘ra, o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida ochilayotgan astronomiyadan ixtisoslashtirilgan maktab uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Darslikda o‘quv materiallarining qiyinlik darajasiga ko‘ra, ayrim mavzular bir (*) yoki ikki (**) yulduzcha bilan berilgan bo‘lib, bunda bir (*) yulduzchali o‘quv materiali oddiy va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, biroq oddiy maktab o‘quvchilariga uning mazmuni yuzasidan tushunchalar berish bilan cheklanib, ixtisoslashga…
3 KIRISH 1-MAVZU. 1-§. Astronomiya nimani o‘rganadi? Uning rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan aloqasi Koinotning bizga eng yaqin va uzoq obyektlarini, sistemalarining harakatlari va fizik tabiatlarini o‘rganadigan fan astronomiya deb ataladi. Astronomiya yunoncha «astron» – yulduz, «nomos» – qonun degan so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, osmon jismlari, ularning kelib chiqishi va tuzilishi, harakatlari, fizik tabiatlari va evolutsiyalarini o‘rganadigan fandir. Astronomiya rivojining qisqacha tarixi. Astronomiya ham boshqa bar cha fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan. Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston kabi mamla…
4 sentrik, ya’ni markazda Yer joylashgan degan nazariyasi yotgan Olam tuzilishi haqidagi yangi ta’limotni yaratdi (1-rasm). Bu ta’limotga ko‘ra, o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan beshta planeta (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn) Yer atrofida episikl deyiluvchi aylanalar bo‘ylab, mazkur episikllarning markazlari esa deferent deyiluvchi katta aylanalar bo‘ylab aylanadi. Garchi bu geosentrik nazariya Olam tuzilishining haqiqiy manzarasini aks ettirmagan bo‘lsa-da, biroq u deyarli o‘n besh asr davomida tan olinib kelindi. IX–XV asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq hamda Markaziy Osiyo mamlakatla rida yirik astronomik rasadxonalar qurildi. Ularda Al-Battoniy, Al-Xorazmiy, Al- Farg‘oniy, Abu Mahmud …