Yangiliklar

2027-yildan rezidentura bepul: talabalarga 3 mln so'm stipendiya

·1 daqiqa o‘qish
2027-yildan rezidentura bepul: talabalarga 3 mln so'm stipendiya

Prezidentimiz 2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo'yicha o'qish — rezidentura bepul bo'lishini ma'lum qildi. Talabalarga 3 million so'm stipendiya to'lanadi.

Rezidentura muddati yo'nalishga qarab ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Oilaviy shifokorlik bo'yicha o'qish ikki yil, jarrohlik bo'yicha esa besh yil bo'ladi.

Universitet klinikalari tizimi

Oliygohlarga klinikalar bog'lanib, “universitet klinikasi” tizimi boshlangan. Tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida o'tkazilishi kerakligi ko'rsatib o'tildi. Tadqiqotlarda tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash va asoratlarni kamaytirishga e'tibor qaratiladi.

Mavzuga oid: Rezidenturada stipendiya to'lanadi: eng kam ish haqining 2,15 barobari; «Davolash ishi» o'rniga olti yillik «Umumiy tibbiyot» keladi: farmon imzolandi.

Universitetlar va o‘tish ballariTestMakon — 12 000+ savol, AI tahlil Boshlash Keyingi maqola Eng innovatsion g'oya tanlovi: ariza 27-oktabrgacha Talaba hayoti · 26 Oktabr

O‘xshash maqolalar