Kelajak söz ustasi tanlovi: 20-noyabrgacha ro'yxatdan o'tish
"Kelajak söz ustasi" respublika tanlovi e'lon qilindi. Tanlov "Askiya, qiziqçilik va stendap" ijodiy birlashmasi va Madaniyat vazirligi hamkorligida o'tkaziladi.
Tanlov yo'nalishlari va bosqichlari
Tanlov quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi: jamoaviy askiya san'ati, yakkaxon va jamoaviy qiziqçilik san'ati, yakkaxon stendap san'ati, xalqaro yo'nalish (yakkaxon va jamoaviy).
Tanlov 4 bosqichda o'tkaziladi: mahalla, tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichlari.
G'oliblarga mukofotlar
Respublika bosqichi g'oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o'rin – 30 million so'm.
- 2-o'rin – 20 million so'm.
- 3-o'rin – 10 million so'm.
Ro'yxatdan o'tish tartibi
Tanlovda qatnashish uchun xanda.uz veb-sayti yoki @xandatanlovlarbot Telegram boti orqali 20-noyabr kuni soat 23:59 gacha ro'yxatdan o'tish mumkin.
Mavzuga oid: 3–9-sinf o'quvchilari uchun 'Sen iste’dodlisan' tanlovi.
Mavzuga oid: BellaşAIlik tanlovi 2026: ishtirok etish uchun arizalar 18-noyabrgacha.