6-sinf Texnologiya
6-sinf Texnologiya darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 240 betdan iborat, 6-sinf Texnologiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
UO‘K: 37.035. 3(075.3) KBK 74.263 Sh 26 T a q r i z ch i l a r: Z. Shamsiyeva – RTM bo‘lim boshlig‘i; D. Mamatov – TDPU “Kasb ta’limi metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi; O‘. Tohirov – Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i; F. Nasrullayeva – Toshkent shahridagi 244-maktab mehnat ta’limi o‘qituvchisi Sharipov Sh. va boshq. Texnologiya: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik/ Mualliflar Sh. Sharipov, O. Qo‘ysinov, Q. Abdullayeva – T.: “Sharq”, 2017. – 240 b. ISBN 978-9943-26-612-4 UO‘K: 37.035.3(075.3) KBK 74.263 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. ISBN 978…
3 K I R I SH Aziz o‘quvchilar! Qo‘lingizdagi 6-sinf “Texnologiya” darsligi Sizning insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyor- garlik ko‘rishingizda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egalla- mang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, mosla malar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malaka- larga ega bo‘lasiz. Mualliflar Siz, aziz farzandlarning turli materiallarga ishlov berish usullarini egallashingizda o‘z qobiliyatla…
4 TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALISHI 1-BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR Yog‘ochning fizikaviy xossalari Materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarki- bini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi. Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshi- lishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo‘kishi, quruv chanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat. Yog‘och rangi. Yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muhim xossalaridan biri uning rangi his…
Shunga o'xshash darsliklar