6-sinf Fizika
6-sinf Fizika darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 176 betdan iborat, 6-sinf Fizika fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
2 UO‘K: 372.853 (075) KBK 22.3 T–95 Taqrizchilar: P. Mo‘minov – O‘z. FAning akademigi, «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi, f.m.f.d., D. Begmatova – O‘z. MU «Umumiy fizika» kafedrasi mudiri, p.f.n. dotsent, N. Saidxanov – O‘z. FA Fizika-texnika institutining ilmiy kotibi, f.m.f.d., X.Tajimuradova – Nizomiy nomidagi TDPU «Fizika va astronomiyani o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi, p.f.n., dotsent v.b., U.Alimuxammedova – Toshkent shahri, Yunusobod tumani 9-maktab o‘qituvchisi, N. Berdirasulov – Toshkent shahri, Sergeli tumani 104-maktab o‘qituvchisi, B. Kamolov – Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani 30-maktab o‘qituvchisi. O‘zbe…
3 KIRISH 1-MAVZU FIZIKA NIMANI O‘RGANADI? FIZIK HODISALAR Aziz o‘quvchilar! Qo‘lingizdagi kitob Siz uchun yangi o‘quv predmeti bo‘lgan «Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7–9-sinflarda ham «Fizika»dan o‘quv darslari davom etadi. Nima sababdan bu o‘quv predmetini o‘rganish kerak? Atrofga qarasangiz, yog‘ayotgan qor yoki yomg‘irni, suzib yurgan bulutlarni, ariq yoki daryolardan oqayotgan suvni ko‘rasiz. Bularning barchasi tabiat hodisa laridir. Bizni o‘rab turgan tabiatdagi o‘zgarishlar hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda bora- yotgan jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish ulardan unumliroq foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni o‘rganish borasida inson o‘z mehnati…
5 Darslikda shu hodisalarga doir murakkab bo‘lmagan va o‘zingiz bajarib ko‘ra oladigan qiziqarli topshiriqlar beriladi. Velosiped, avtomobil, odamning harakati, qaychining qirqishi va h.k. – bularning barchasi mexanik harakatlarga misol bo‘ladi. Suvning bug‘lanishi va muzlashi, metallarning erishi, tabiiy gaz va o‘tinning yonishidan chiqqan issiqlik va h.k. – bular issiqlik hodisalariga misol bo‘ladi. Yorug‘likning tarqalishi, uning narsa va predmetlardan qaytishi, havoda kamalak paydo bo‘lishi kabilar yorug‘lik hodisalariga kiradi. Qanday qilib inson qorong‘i xonasini charog‘on qila oldi, uzoq mam lakatlarda bo‘layotgan voqealarni ko‘rib turadigan, oziq- ovqatlarining buzil masdan saqlanish…