4-sinf Odobnoma
4-sinf Odobnoma darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 96 betdan iborat, 4-sinf Odobnoma fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
UO‘K: 17=512.133(075.2) KBK: 74.200.51 X 72 Хoliqova, Mohira Odobnoma 4-sinf: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik / M. Хoliqova, Sh. Ergasheva. - Tuzatilgan va to‘ldirilgan to‘rtinchi nashr. - Toshkent.: «Yangiyo‘l poligraf servis», 2017. - 96 b. UO‘K: 17=512.133(075.2) ISBN 978-9943-382-83-1 KBK: 74.200.51ya72 Taqrizchilar – S. Olimov, filologiya fanlari nomzodi. Sh. Rizayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Sh. Egamberdiyeva, Koson tumani 95-ixtisoslash tirilgan maktab direktori. M. Rahimova, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. © «Yangiyo‘l poligraf servis», 2011-2017. © M. Xoliqova, Sh. Ergash…
3 SO‘ZBOSHI Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon- e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki bu- tun jamiyatning eng katta boyligidir. Aziz o‘quvchi! Qo‘lingizda turgan kitob sizning 1-2-3-sinflarda «Odobnoma» fanidan olgan bilimlaring- izni boyitadi. Bu kitob bilan do‘st tutinsangiz, nafaqat odob-axloq qoidalari, balki hayotda o‘zingiz uchun ke rak bo‘ladigan juda ko‘p ma’lumotlarni bilib olasiz. Siz asta-sekin ulg‘ayib, katta hayot sari qadam qo‘ymoqdasiz. Ana shu hayot bilan tanishishingizda, uning tartib-qoidalarini o‘zlashtirishingizda «Odobnoma» darsligi yordamga keladi. Inson odobi bilan go‘zal. Shu bois bobokalonlari miz yoshlikdan ilm va odob-axloq qoidalarini egallas…
4 O‘ZBEKISTON – KELAJAGI BUYUK DAVLAT 1. Ona zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk in- sonlardan kimlarni bilasiz? 2. Sport, san’at, ilm-fan sohasida yutuqlarga erishgan hamyurtlarimiz haqida so‘zlab bering. Ona vatanimiz O‘zbekiston qadimiy tarixga ega. Bu yurtdan dunyoni lol qoldirgan ko‘plab allomalar yetishib chiqqan. Ota-bobolarimiz yurt ozodligi va mustaqilligi uchun asrlar davomida kurash olib borganlar. 1991-yil O‘zbekiston mustaqillikka erishdi.