4-sinf O‘qish
4-sinf O‘qish darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 160 betdan iborat, 4-sinf Ona tili fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
Taqrizchilar — Zarifa Jumanova, RTM boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i; Qimmatxon Mamatqulova, RTM boshlang‘ich ta’lim metodisti; Feruza Ikromova, Toshkent viloyat Chinoz tumanidagi 33-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi; Fotima Karimova, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 281-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi © «Yangiyul Poligraph Service», 2020. © S. Matchonov, 2020. SHARTLI BELGILAR: — She’r — Hikoya — Ertak — Rivoyat — Izohli lug‘atga qarang — Dostondan parcha — Qissadan parcha — Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar — Darsning tugashi — Maqol va topishmoq ISBN 978-9943-5949-7-5 UO‘K: 373.3.016:821-82 KBK…
3 ULUG‘ VA AZIZ VATANIM, MANGU BO‘L OMON MANGULIKKA TATIGULIK KUN Safar Barnoyev 1991- yil 31- avgust O‘zbekistonimiz uchun asrga ta- tigulik kun bo‘ldi. Shu kundan boshlab O‘zbekiston za- minida mardona «Mustaqillik» so‘zi tilimizga ko‘chdi, ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi. O‘tgan davr mobaynida yoshi ulug‘lar ham, yoshi kichiklar ham qayta tug‘ildi. Bobomiz sohibqiron Amir Temurni tanidik. Shoh va shoir, sarkarda Bobur Mirzo ning ruhini shod etdik. Imom al-Buxoriy va Imom Ter- miziy, Bahovuddin Naqshband, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi yuzlab ajdodlarimizni bilib oldik. Istiqlolga erishgach, qisqa muddat ichida O‘zbekis- ton duny…
4 O‘tgan yillar ichida O‘zbekiston o‘z bug‘doy zaxirasiga ega bo‘ldi. «O‘zbekiston bug‘doyi» degan so‘zlar til boyli- gimizdan mustahkam o‘rin egalladi. Toshkent, Buxoro, Xiva hamda Samarqanddagi tarixiy obidalarga e’tibor kuchaydi. Bugun qishloqlarimizga sanoat kirib bormoqda. Dunyoning eng so‘nggi texnikasi O‘zbekistonga ko‘chib kelmoqda. Uning haqiqiy egalari, boshqaruvchilari sizlar bo‘lasizlar, aziz o‘quvchilar! Bugungi ishlar, qurilishlar siz — bolalarga abadiy mulk bo‘lib qoladi. O‘zbekiston atalmish gullagan diyorning yer, mulk egalari har jihatdan o‘qimishli, haq-huquqlarini bila- digan, kelajagi haqida o‘ylaydigan, hunarmand bo‘lib yetishishlari zarur. Zero, mustaqil respublikamiz…