11-sinf Jahon tarixi
11-sinf Jahon tarixi darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 144 betdan iborat, 11-sinf Tarix fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
UO‘K 94(100)(075.3)=513.133 KBK 63.3(0)ya72 Ergashev, Shuhrat Jahon tarixi [Matn]: O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik / Sh. Ergashev, B. Xodjayev, J. Abdullayev. – Toshkent: «Turon-Iqbol», 2018. – 144 b. Mas’ul muharrirlar: M. Rahimov – tarix fanlari doktori, professor; T. Bobomatov – tarix fanlari nomzodi. Taqrizchilar: Q. Rajabov – tarix fanlari doktori, professor; G. Pasilova – Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 257-maktabning tarix fani o‘qituvchisi; F. Amanova – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabning tarix fani o‘qituvchisi; O. Ergashev – Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 22-makta…
3 KIRISH Jahon tarixining 1991-yildan boshlangan davrida dunyoning ijti- moiy-siyosiy va iqtisodiy tizimida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda jamiyat hayotining barcha jabhalariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan omil ilmiy-texnik inqilobning yangi bosqichi – kompyuter-axborot inqi- lobi bo‘ldi. Bu inqilob ta’siri ostida rivojlangan mamlakatlarda sivi- lizatsiyaning industrial bosqichidan postindustrial, axborot bosqichiga o‘tish boshlandi. Mazkur darslik shu davr voqealarini bayon qilish bilan birga, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichini tahlil qilish va mustaqil hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan Siz o‘quvchilarga o‘z hayo- tiy istiqbolingizni belgilab olish imkonini beruvchi biliml…
4 I BOB. XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHLARIDA DUNYO MAMLAKATLARI 1-MAVZU. XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHLARIDA XALQARO MUNOSABATLAR Jahon tarixi eng yangi davrining uchinchi bosqichi 1991-yildan bosh lanib, hozirgi kungacha bo‘lgan voqealarni o‘rganadi. Bu davrda sotsialistik tizimning barbod bo‘lishi, SSSRning tarqalib ketishi jahon miqyosida kuchlar nisba tiga, qudratli davlatlar o‘rtasida shakllangan muvozanatga katta ta’sir ko‘rsatdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qachon tashkil top- gan edi? Bu davrda iqtisodiy va madaniy hayotning globallashuvi, ekologiya muam molari ning keskinlashuvi, jahonning juda katta qismida moder- nizatsiya jarayon larining tu gal lanmaganligi bilan bog‘liq ziddiya…