11-sinf Dunyo dinlari tarixi
11-sinf Dunyo dinlari tarixi darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 144 betdan iborat, 11-sinf Tarix fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
Mas’ul muharrirlar: A. Hasanov — tarix fanlari doktori, professor Taqrizchilar: N. Muhamedov — tarix fanlari nomzodi, dotsent M. Alimova — tarix fanlari nomzodi, dotsent A. Zamonov — tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F. Karimov — siyosiy fanlar doktori J. Tohirov — Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Sh. Qudratov — Toshkent shahridagi 41-maktabning tarix fani o‘qituvchisi B. Mahmudboyev — Guliston Davlat universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018-yil 1-maydagi 2484-raqamli tavsiyasi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari …
3 Kirish O‘zbekiston ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat. Bugun yur- timizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari emin-erkin o‘z urf-odat- larini davom ettirib, dinlariga e’tiqod qilib yashamoqdalar. Prezidenti- miz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishi ham aynan dinlararo bag‘rikenglik masalasiga bag‘ishlangan. Mazkur dasrlik quyi sinflarda olgan bilimlaringizni mustahkamlaydi va boyitadi. Aziz o‘quvchilar! «Dunyo dinlari tarixi» fanini o‘rganar ekansiz, e’tiqodingizdan qat’i na- zar boshqa dinlarni kamsitmasligingiz, boshqalarn…
4 XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH – ENG MUHIM MASALA Bugungi kunda xavfsizlik butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajat- larning oshib borayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Biroq, faqatgina zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lishning o‘zigina xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarli emas. Chunki, buzg‘unchi kuchlar ochiqchasiga kurash olib bormay, balki xiyonatkorona qo‘poruvchilik amaliyot- larini qo‘llash, tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanmoqdalar. Odobsiz, tar- biyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang. Imom G‘azzoliy Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar dav…