Kutubxona · Biologiya · 7-sinf
Biologiya 7-sinf darslik muqovasi

Biologiya 7-sinf

🧬 Biologiya 7-sinf 208 bet Bepul

Biologiya 7-sinf darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 208 betdan iborat, 7-sinf Biologiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.

Kitobni o'qish
O'qish uchun TestMakon hisobingizga kiring — bepul.

Kitobdan namuna

2-bet

Aziz o‘quvchilar Siz O‘zbekistonimizning ko‘rar ko‘zlari, yorqin kelajagisiz. Biologiya darsligi sizni rang-barang va xilma-xil hayvonot dunyosiga olib kiradi. Darslik sizga hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishiga doir bilimlar beradi. Sizni faol bilim olish va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Siz uni qunt bilan o‘qisangiz, hayvonlar hayotidan juda ko‘p narsalarni bilib olasiz. Bilganlaringiz esa sizga kelgusida kasb tanlashingizda yordam beradi. Hayvonot va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan kishi uni sevadi va ardoqlaydi. Ilm cho‘qqilari sari qadam tashlashingizda doimo omad yor bo‘lsin! Muallif © Mavlonov O., 2005, 2017. © «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2…

3-bet

SO‘ZBOSHI O‘lkamiz tabiati nihoyatda jozibali, uning hayvonot dun­yosi esa juda xilma-xil. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda: gul- lab turgan vodiylardan tortib baland tog‘li cho‘qqilarda, osmono‘par binolar qad ko‘tarib, hayot qaynab turgan shaharlar-u go‘yo hayotsiz ko‘ringan jazirama qumli cho‘llarda ham uchratish mumkin. Mamlakatimiz daryo va ko‘llarida baliqlarning 70 ga yaqin turi, bir hujayralilardan tortib hasharotlargacha bo‘lgan xilma-xil guruhlar- dan iborat umurtqasiz hayvonlarning minglab turi uchraydi. Be­ poyon cho‘llar, vodiylar, ulkan tog‘ tizmalari va vohalarda sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin, sutemizuvchilarning 100 ga yaqin va qushlarning 400 dan ortiq turi…

4-bet

4 Siz ushbu bobni o‘qib, hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari, tabiatda va odam hayotidagi ahamiyati, ularni klassi- fikatsiya qilish to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishingiz lozim. 1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon – hay­von, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechiri­ shi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqal…

Yana 205 bet To'liq kitobni o'qish uchun kiring — bepul, yuklab olish shart emas.
Manba. O'zbekiston davlat darsligi (Xalq ta'limi vazirligi). http://eduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/7/zoologiya_7_uzb.pdf. Darslik ta'lim maqsadida, o'quvchilar uchun bepul taqdim etilgan. Bu sahifada kitobning faqat dastlabki betlaridan namuna keltirilgan.