Kutubxona · Matematika · 7-sinf
Algebra 7-sinf darslik muqovasi

Algebra 7-sinf

📚 Matematika 7-sinf 192 bet Bepul

Algebra 7-sinf darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 192 betdan iborat, 7-sinf Matematika fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.

Kitobni o'qish
O'qish uchun TestMakon hisobingizga kiring — bepul.

Kitobdan namuna

2-bet

Aziz o‘quvchilarim! Ona yurtimiz mustaqil O‘zbekiston jahon ilm-u faniga, madaniyatiga yuzlab buyuk olimlarni, shoirlarni, davlat arboblarini, musavvirlarni yetishtirib bergan. Bilingki, siz ularning ezgu ishlari davomchisisiz! Yoshlik bilim olish davridir. Allomalar aytadi: „Yoshlikda olingan bilim toshga bitilgan yozuv kabi o‘chmasdir“. Algebrani, umuman, matematikani o‘rganish qunt va izchillikni, ko‘plab masala va misollarni tushunib, idrok qilib yechishni talab etadi. Meni yaxshi o‘rganib olsangiz, sizga umrbod do‘st bo‘lib qolaman! Xulq-u odobingiz barkamol, ilmingiz ziyoda bo‘lishini istab „Algebra“ darsligingiz. Darslikdagi shartli belgilar: — asosiy qoidalar va xossalar. — matematik…

3-bet

3 5—6- SINFLARDA O‘RGANILGAN MAVZULARNI TAKRORLASH Aziz o‘quvchi! Siz 5—6- sinflarda natural sonlar, oddiy va o‘nli kasrlar, ratsional sonlar ustida to‘rt amalga doir misol va masalalarni yechgansiz. 5—6- sinflarda matematikadan olgan bilimlaringizni yodga solish maqsadida Sizga bir nechta mashqlar taklif etamiz. 1. „Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari“ yilida qurilgan zamonaviy uylar shahrimizga yanada ko‘rk bag‘ishladi. Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan birining xonadonlari 1, 2, 3, ..., 99, 100 sonlari bilan nomerlangan. Raqamlari yig‘indisi o‘zaro teng bo‘lgan xonadonlar nechtadan? Natijalarni jadvalda va diagrammada aks ettiring. 2. Bir fermadagi sigirlar soni 2- fermadagiga qara…

4-bet

4 6. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 8 sm ga teng. Eni bo‘yidan 1,5 sm qisqa. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping. 7. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 20,25 dm2 ga, eni 3,24 dm ga teng. Shu to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping. 8. Avtomobil 100 km masofaga 5 l benzin sarflaydi. Bu avto- mobil: 50 km; 60 km; 70 km; 80 km; 120 km; 250 km; 360 km yo‘lga qancha benzin sarflaydi? 9. Sayyoh yo‘lning 2 7 qismini o‘tdi. Hisoblab ko‘rsa, yo‘lning yarmiga yetishi uchun yana 9 km yurishi kerak ekan. Say- yoh jami necha kilometr yo‘l yurishni mo‘ljallagan? 10. Bir avtomobil 100 km masofaga 8 l, ikkinchi avtomobil esa shuncha masofaga 10 l benzin sarflaydi. Agar har bir avtomobil bakida 32 l dan be…

Yana 189 bet To'liq kitobni o'qish uchun kiring — bepul, yuklab olish shart emas.
Manba. O'zbekiston davlat darsligi (Xalq ta'limi vazirligi). http://eduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/7/algebra_7_uzb.pdf. Darslik ta'lim maqsadida, o'quvchilar uchun bepul taqdim etilgan. Bu sahifada kitobning faqat dastlabki betlaridan namuna keltirilgan.