31/33-mavzu · Yo'l harakati qoidalari

Yo'l chiziqlari (razmetka)

Bepul boshlash · 70 savol
70 test savoli

Namuna savollar va tahlil

1-savol · 🟡 O'rta

Mazkur chiziq nima haqida ogohlantiradi?

Yo'l chiziqlari (razmetka) — 1-savol rasmi
  • Transport vositalarining majburiy to'xtash joyiga yaqinlashayotganligini
  • «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan birga qo'llanilganda, haydovchini < To'xtash» chizig'iga yaqinlashayotganligini
  • Transport vositasi piyodalarga yo'l berishi kerak bo'lgan joyni ko'rsatadi
YHQ, 2-ilovasiga asosan:
1.21 "STOP" yozuvi — 2.5 belgisi bilan birga qo'llanilganda haydovchini 1.12 chizig'iga (To'xtash chizig'i) yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
---
❗ E'tibor bering:

- Ushbu chiziq haydovchini to'xtash joyiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi va to'xtash majburiyatini bildiradi.

---
✅ To'g'ri javob:
«To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan birga qo'llanilganda, haydovchini «To'xtash» chizig'iga yaqinlashayotganligini bildiradi.
2-savol · 🟡 O'rta

Bu joyda hovliga burilishga ruxsat etiladimi?

Yo'l chiziqlari (razmetka) — 2-savol rasmi
  • Ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
YHQ, 2-ilova 1-bo'lim 1.11 yotiq chizig'iga asosan:
Faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yo'l qismlarida, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi;
qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi.

E'tibor bering: Qayrilib olish faqat ruxsat etilgan yo'nalishda amalga oshirilishi kerak.
✅ To'g'ri javob:
- Ruxsat etiladi
3-savol · 🟡 O'rta

Ushbu holatda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Yo'l chiziqlari (razmetka) — 3-savol rasmi
  • Ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
  • Agar quvib o'tilayotgan transport vositasi 40 km/ soadan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa, ruxsat etiladi
YHQ, 2-ilova, 1-bo'lim 3-xatboshisiga asosan:
1.1 chizig'i — qarama-qarshi yo'nalishlardagi transport oqimlarini ajratadi va uni bosib o'tish taqiqlanadi.
Quvib o'tishda 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o'tish taqiqlanadi (qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno).

Izoh:
- Rasmda uzluksiz oq chiziq (1.1) bo'ylab quvib o'tilmoqda, bu esa qoidabuzarlik hisoblanadi va ruxsat etilmaydi.
✅ To'g'ri javob:
"Taqiqlanadi"
4-savol · 🟡 O'rta

Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yo'li necha marta ortadi?

  • Tormoz yo'li harakat tezligiga bog'liq emas
  • Uch marta
  • To'rt marta
  • Ikki marta
Texnik izohga asosan:
Tormoz yo'li uzunligini hisoblash formulasi:
S = (ke va²) / (2gp)
bu yerda:
- S — tormoz yo'li,
- ke — tormozlanish samaradorligi koeffitsiyenti,
- va — avtomobilning boshlang'ich tezligi,
- p — shinaning yo'l bilan tishlashish koeffitsiyenti.
Formuladan ko'rinadiki, tormoz yo'li tezlikning kvadratiga mutanosib.
Demak, tezlik ikki marta oshsa, tormozlanish yo'li to'rt marta ortadi.

E'tibor bering:
- Tezlik ikki baravar ortsa — to'xtash yo'li chiziqli emas, balki kvadrat qonuniyat asosida ortadi.
- Shu sababli yuqori tezlikda tormoz yo'li keskin oshib, xavfli vaziyatlar yuzaga keladi.
✅ To'g'ri javob:
"To'rt marta"
5-savol · 🟡 O'rta

Haydovchiga belgilangan trayektoriya bo'yicha harakatlanib, manyovrlar bajarishga ruxsat berilganmi?

Yo'l chiziqlari (razmetka) — 5-savol rasmi
  • «A» bo'yicha ruxsat etilgan
  • «Б» bo'yicha ruxsat etilgan
  • Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan
YHQ, 2-ilova 1-bo'limiga asosan:
1.5 — ikki yoki uch tasmali yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki undan ko'proq tasmali yo'llarda tasmalarning chegaralarini va bir yo'nalishdagi harakatlanish bo'lagi bilan velosiped bo'lagi chegarasini bildiradi.

1.6 — yaqinlashish chizig'i — har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq. Qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi.
1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.

E'tibor bering:
- Ushbu holatda ko'rsatilgan har ikkala trayektoriya bo'yicha manyovrlarni bajarishga ruxsat etiladi, chunki harakat ajratilgan chiziqlar ustidan o'tishga ruxsat berilgan.
✅ To'g'ri javob:
"Ikkovi bo'yicha ham ruxsat etilgan"

Bu mavzuda yana 65 ta savol bor — mashq rejimida har biriga tahlil va qonuniy asos beriladi.

Bepul boshlash