Maxsus transport vositalarining imtiyozlari
25. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun …
Bepul boshlash · 14 savol25. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yo
Namuna savollar va tahlil
Yoqilgan zarg'aldoq rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha harakatlanish uchun imtiyoz beradimi?
- Ha
- Yo'q
Zarg'aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan bo'lishi kerak:
- Yo'lda qurilish, ta'mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda;
- Yo'l harakatida qatnashayotgan, gabarit o'lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo'lgan, og'ir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda;
- Portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi o'ta yuqori bo'lgan moddalarni tashishda;
- Umumiy foydalanishdagi transport vositasi yo'llarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda.
---
❗ E'tibor bering:
Yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa ishtirokchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.
---
✅ To'g'ri javob:
"Yo'q"
Qizil avtomobilning haydovchisi yiltillovchi chiroq-mayoqchali va maxsus tovushli ishora yoqilgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganda nima qilishi kerak?
- Harakat bo'lagini o'zgartirmasdan to'xtashi va majburiy to'xtash chiroqlarini yoqishi
- Tezlikni pasaytirishi va boshqa qatorga o'tish bilan bog'lik keskin manyovrlarga yo'l qo'ymasdan harakatni davom ettirishi
- Yo'l berishi
"Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart."
❗ E'tibor bering:
- Yo'l harakati ishtirokchisi tezkor va maxsus xizmat mashinasini to'sib qo'ymasligi, unga to'siqsiz harakatlanish uchun yo'l berishi lozim.
- Maxsus transport yaqinlashganda to'xtab, yo'l ochish talab etiladi.
✅ To'g'ri javob:
"Yo'l berishi"
Yaltirovchi ko'k mayoqcha va unga qo'shimcha maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositasi sizga yaqinlashib kelmoqda. Siz shunday transport vositasiga qarshi harakatlanayotgan bo'lsangiz, nima qilishingiz lozim?
- Yo'l yoqasida yoki qatnov kismining chetida to'xtash
- Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan yo'l chetidan harakatlanish
Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasiga yo'l berishlari shart.
Bunday transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.
❗ E'tibor bering:
- Siz qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan bo'lsangiz, yo'lni to'sib qo'ymasligingiz kerak.
- Maxsus transport vositasiga xalaqit bermasdan yo'l chetidan harakatlanishingiz kifoya.
- To'xtab qolish shart emas, faqat yo'l berish va xavfsiz o'tib ketishini ta'minlash kerak.
✅ To'g'ri javob:
"Mayoqcha ishorasi yoqilgan transport vositasiga halaqit bermasdan yo'l chetidan harakatlanish"
Ko'k avtomobil chorrahani kesib o'tadi:
- Birinchi bo'lib
- Ikkinchi bo'lib
- Uchinchi bo'lib
- Oxirgi bo'lib
Tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil (yoki ikkalasi) rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalari harakatda ustuvorlikka ega, ammo harakat xavfsizligini ta'minlashi shart.
YHQ tegishli bo'lim 104 va 106-bandlariga asosan:
Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan haydovchi asosiy yo'ldagi transport vositalariga yo'l berishi shart.
Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
❗ E'tibor bering:
- Avval tezkor xizmat (yalt-yalt mayoqchali mashina), undan so'ng asosiy yo'lda harakatlanayotgan mashinalar.
- Ko'k avtomobil esa "to'xta" belgisidan asosiy yo'lga chiqayotgani uchun uchinchi bo'lib harakatlanadi.
- Sariq avtomobilda STOP belgisi bo'lganligi sababli oxirgi bo'lib o'tadi.
✅ To'g'ri javob:
"Uchinchi bo'lib"
Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
- Tez yordam avtomobilining haydovchisi
- Yengil avtomobilning haydovchisi
Tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.
❗ E'tibor bering:
- Rasmda ko'k yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan tez yordam avtomobili to'xtab turibdi.
- Yengil avtomobil esa yashil chiroqda harakatlanmoqda.
- Tez yordam avtomobili majburiy vazifasini bajarayotgani sababli harakat qoidalaridan biroz chetga chiqishi mumkin.
✅ To'g'ri javob:
"Yengil avtomobilning haydovchisi"
Bu mavzuda yana 9 ta savol bor — mashq rejimida har biriga tahlil va qonuniy asos beriladi.
Bepul boshlash