Moddalar miqdori va kimyoviy hisoblashlar (mol, stexiometriya) — test savollari javoblari bilan

Kimyo · 13 ta ochiq savol (bankda jami 62 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. 17,1 g maltozaning gidrolizlanishidan olingan glukoza spirtli bijg‘itildi. Hosil bo‘lgan gaz 0,5 M li 400 ml natriy gidroksid eritmasiga yuttirilganda necha gramm tuz hosil bo‘ladi?
  1. A) 21,2
  2. B) 8,4
  3. C) 10,6
  4. D) 16,8
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 16,8

2. 4 Al + 3O2=2Al2O3 + 3240 kJ
Yuqoridagi reaksiyadan 1620 kJ issiqlik ajralsa, reaksiya uchun olingan kislorodning miqdorini (mol) aniqlang.?
  1. A) 1
  2. B) 2
  3. C) 0,5
  4. D) 1,5
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 1,5

3. 0,8 mol moddaning og‘irligi 128 g ga teng bo‘lsa, ushbu moddaning molar massasini (g/mol) aniqlang.
  1. A) 100
  2. B) 74
  3. C) 80
  4. D) 160
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 160

4. Temirdan yasalgan plastinka dastlab xlorid kislota eritmasida eritilishi natijasida 0,375 mol gaz ajraldi.Plastinka chiqarib olinib kumush nitrat eritmasiga tushirildi. Ikkala jarayon oxirida plastinka massasi 11 g ga ortdi. Plastinkaga o‘tirgan kumush massasini (g) aniqlang.
  1. A) 10,8
  2. B) 86,4
  3. C) 21,6
  4. D) 43,2
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 43,2

5. 1 mol 1-xlorbutanga KOH ning spirtdagi eritmasi ta’sir ettirilganda 22,4 g alken olindi. Reaksiya unumini (%) aniqlang.
  1. A) 50
  2. B) 75
  3. C) 25
  4. D) 40
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 40

6. Propan va neon gazlarini aralashtirib, massasi 304 g bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil qilindi. Agar shu gazlar aralashmasining o‘rtacha molyar massasi 38 g/mol bo‘lsa, undagi propanning massasini (g) aniqlang.
  1. A) 40.
  2. B) 264.
  3. C) 80.
  4. D) 220.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 264.

7. Natriy karbonat va kalsiy karbonat aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 26,4 grammga kamaydi. Hosil bo‘lgan aralashma qizdirilganda uning massasi o‘zgarmasligi ma’lum. Agar dastlabki aralashmani suvli idishga solib, hosil bo‘lgan cho‘kma ustidagi eritma orqali ko‘p miqdorda karbonat angidrid gazi o‘tkazilsa, massalarining yig‘indisi 164,4 g bo‘lgan nordon tuzlar hosil bo‘lishi ma’lum. Dastlabki aralashmadagi natriy karbonat (a) va kalsiy karbonat (b) massalarini aniqlang.
  1. A) ‒ 42,4 g; b ‒ 40 g.
  2. B) ‒ 42,4 g; b ‒ 60 g.
  3. C) ‒ 84,8 g; b ‒ 40 g.
  4. D) ‒ 84,8 g; b ‒ 60 g.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) ‒ 42,4 g; b ‒ 60 g.

8. Kalsiy karbonat va natriy karbonat aralashmasi qizdirilganda 33,6 litr (n.sh.) karbonat angidrid ajralib chiqib, massasi 296 g bo‘lgan ikki modda aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi metall karbonatlarining miqdorlari (mol) nisbatini aniqlang.
  1. A) 3:5.
  2. B) 3:4.
  3. C) 2:1.
  4. D) 1:1.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 3:4.

9. Agar 198 g suvga 69 g natriy maydalanib solinsa necha gramm natriy gidroksid hosil bo‘ladi?
  1. A) 40.
  2. B) 120.
  3. C) 80.
  4. D) 160.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 120.

10. 2 mol “A” modda va 14 mol H2Oaralashtirilib eritma tayyorlandi. Hosil bo‘lgan eritmadagi ionlar va molekulalarning umumiy miqdori 20 mol ekanligi aniqlandi. Agar α(erigan modda)=100%, α(H2O)=0% ekanligi va eritmadagi erigan moddaning massa ulushi 58% ekanligi ma’lum bo‘lsa, erigan moddani aniqlang.
  1. A) KNO3.
  2. B) K2SO4.
  3. C) NaNO3.
  4. D) Na2SO4.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) K2SO4.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.