Kimyoviy reaksiyalar turlari — тестовые вопросы с ответами
Kimyo · 5 открытых вопросов (всего в банке 8) · в каждом — правильный ответ и пояснение
1. Mol nisbati 2:4:1 bo‘lgan Al, Cu va Ag dan iborat aralashma xlorid kislota eritmasida eritilganda olingan gaz(lar) hajmi (l, n.sh.) xuddi shunday miqdordagi aralashmaning konsentrlangan (mo‘l) nitrat kislota bilan ishlanganda olingan gaz(lar) hajmidan 6,72 l (n.sh.) ga kam bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi aluminiyning massasini (g) aniqlang.
- A) 2,7
- B) 5,4
- C) 27
- D) 10,8
Показать ответ
Правильный ответ: A) 2,7
2. Propan, propen va vodorod aralashtirilib hajmi 70 litr (n.sh.) bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil qilindi. Shu gazlar aralashmasi katalizator ishtirokida qizdirilganda hajmi 60 litr (n.sh.) bo‘lgan yangi gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Agar yangi gazlar aralashmasi yetarlicha kislorodda yondirilsa o‘rtacha molekulyar massasi 27,75 g/mol bo‘lgan karbonat angidrid va suv bug‘i aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi propanning hajmini (litr, n.sh.) toping.
- A) 15.
- B) 20.
- C) 10.
- D) 30.
Показать ответ
Правильный ответ: B) 20.
3. Agar reaksiya natijasida cho‘kma hosil bo‘lsa va gaz ajralib chiqsa dastlabki A va B moddarni toping.
- A) natriy sulfid va alyuminiy
- B) bariy xlorid va natriy sulfat
- C) natriy karbonat va xlorid kislota
- D) kumush nitrat va natriy fosfat
Показать ответ
Правильный ответ: C) natriy karbonat va xlorid kislota
4. Кimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonlarni ko‘rsating.
- A) yog‘ning sovuqda qotishi
- B) pomidor sharbatining bijg‘ishi
- C) ohakning so‘ndirilishi
- D) benzinning yonishi
Показать ответ
Правильный ответ: A) yog‘ning sovuqda qotishi
5. o‘zgarishlar sxemasida birinchi reaksiya o‘rin olish, ikkinchisi almashinish reaksiyasi bo‘lsa, X va Y reagentlarni aniqlang.
- A) mis (II) –xlorid va kaliy sulfid
- B) xlorid kislota va mis (II) –sulfid
- C) magniy xlorid va simob (II) –sulfid
- D) xlor va bariy sulfid
Показать ответ
Правильный ответ: B) xlorid kislota va mis (II) –sulfid
Это открытая часть темы. Полный банк, режим на время, разбор и работа над ошибками — в режиме теста.