Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish — test savollari javoblari bilan

Huquq · 5 ta ochiq savol (bankda jami 18 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Iste'molchi o'zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) qanday qoida va talablarga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega?
1) sanitariya-gigiyena talablari; 2) radiologiya talablari; 3) epidemiyaga qarshi talablar; 4) tegishli qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo'lishi; 5) hayot, sog'liqqa zarar keltirmaslik qoidalari; 6) atrof-muhit uchun xavfsizlik talablari; 7) mol-mulkga zarar yetkazmaslik talabi.
  1. A) 1, 2, 3
  2. B) 1, 4, 5, 6
  3. C) 1, 2, 3, 4, 5, 7
  4. D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunga ko'ra iste'molchi tovar (ish, xizmat) barcha sanab o'tilgan talablarga — sanitariya-gigiyena, radiologiya, epidemiyaga qarshi, ishlab chiqarish qoidalari, hayot/sog'liq, atrof-muhit hamda mol-mulk xavfsizligi (1–7) — kafolat berilishini talab qilishga haqli. To'g'ri javob — hammasi.

2. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi vazifasiga oid BO'LMAGAN javobni aniqlang.
  1. A) iste'molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko'rsatish
  2. B) iste'molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish
  3. C) iste'molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisi to'g'risidagi haqqoniy va to'liq ma'lumotlarni olishini ta'minlash
  4. D) uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilash
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilash

Kafolat muddatini agentlik emas, balki ishlab chiqaruvchi/sotuvchi belgilaydi; agentlik faqat iste'molchi huquqlarini himoya qiladi va nazorat qiladi.

3. Quyida berilgan yuridik atamalar va ularning izohi to'g'ri moslashtirilgan javobni belgilang.
1) Tovar cheki; 2) Sotuvchi; 3) Muvofiqlik sertifikati; 4) Ishlab chiqaruvchi;
a) iste'molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibdagi tadbirkor; b) sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat; c) oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha iste'molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibdagi tadbirkor; d) tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to'langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to'langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma'lumot ko'rsatilgan hujjat.
  1. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
  2. B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
  3. C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
  4. D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

To'g'ri javob: C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a. Manba: Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun.

4. Iste'molchi muvofiqlik sertifikati orqali sotuvchidan qanday axborot olish huquqiga ega?
  1. A) mahsulotning yaroqlilik muddati
  2. B) mahsulot sertifikatlanganligi haqidagi axborot
  3. C) mahsulot litsenziyalanganligi to'g'risidagi axborot
  4. D) mahsulotning tarkibiy qismi haqidagi ma'lumot
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) mahsulot sertifikatlanganligi haqidagi axborot

Muvofiqlik sertifikati — mahsulotning belgilangan talablarga muvofiq sertifikatlanganligini tasdiqlovchi hujjat. Iste'molchi shu sertifikat orqali mahsulot sertifikatlanganligi haqidagi axborotni olish huquqiga ega.

5. Iste'molchilar jamiyati qanday maqsadda tuziladi?
  1. A) birgalikda ishlab chiqarish yoki ijtimoiy faoliyat bilan shug'ullanish
  2. B) falsafa sohasidagi murakkab savollarga birgalikda javob topish
  3. C) o'z huquqlarini birgalikda himoya qilish
  4. D) hamkorlik bilan ilmiy izlanish olib borish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) o'z huquqlarini birgalikda himoya qilish

Iste'molchilar jamiyati — iste'molchilarning o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini birgalikda himoya qilish maqsadida tuziladigan nodavlat tashkilot. Asosiy vazifasi tovar va xizmat sifati, narx va xavfsizlik bo'yicha iste'molchi manfaatlarini ifoda etish.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.