Davlat va huquq nazariyasi — test savollari javoblari bilan

Huquq · 40 ta ochiq savol (bankda jami 216 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Quyidagi vaziyatlardan qay birida kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi talab va qoidalar yig'indisi ifoda etilgan?
  1. A) Alisher saylovda qatnashdi.
  2. B) Saida soliqlarni o'z vaqtida to'ladi.
  3. C) Olima malakali tibbiy xizmatdan foydalanmoqda.
  4. D) Obida avtobusda kattalarga joy berdi.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) Obida avtobusda kattalarga joy berdi.

Kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi talab va qoidalar yig'indisi — ijtimoiy (axloq) normalari. Kattalarga joy berish — axloqiy-odob normasining namoyon bo'lishi. Saylov, soliq va tibbiy xizmat huquqiy munosabatlarga oid.

2. Quyidagi jumlada huquq normasining qaysi elementi mavjud?
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo'llaniladi.
  1. A) dispozitsiya
  2. B) gipoteza
  3. C) gipoteza va dispozitsiya
  4. D) gipoteza va sanksiya
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) gipoteza va dispozitsiya

Huquq normasi gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan iborat. "Agar ... bo'lsa" — gipoteza (shart), "... qoidalari qo'llaniladi" — dispozitsiya (xulq-atvor qoidasi). Sanksiya (javobgarlik) bu normada keltirilmagan. Demak: gipoteza va dispozitsiya.

3. Bo'shliqni to'ldiring.
"… … – bu o'zaro bog'langan, bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat".
  1. A) huquq tizimi
  2. B) huquq tarmoqlari
  3. C) huquq sohalari
  4. D) huquq institutlari
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) huquq institutlari

O'zaro bog'langan, bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhi — huquq instituti (masalan, mulk huquqi instituti, nikoh instituti). Huquq tarmog'i esa institutlar majmuasidan tashkil topadi.

4. Quyidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang.
I. Ayblilik
II. Ijtimoiy xavflilik
III. Umumiy xususiyatlar
a) huquqbuzarlikning belgilari;
b) o'z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan insonning aybi;
c) jamiyat va alohida shaxsga zarar yetkazishi.
  1. A) I-a; II-b; III-c
  2. B) I-b; II-c; III-a
  3. C) I-c; II-a; III-b
  4. D) I-b; II-a; III-c
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) I-b; II-c; III-a

Eyler-Venn diagrammasida o'rtadagi III — umumiy xususiyat, ya'ni huquqbuzarlik belgilari (a). Ayblilik (I) — shaxsning aybi (b), ijtimoiy xavflilik (II) — jamiyat va shaxsga zarar yetkazish (c). Demak I-b, II-c, III-a.

5. Quyidagilardan qay biri huquq manbasi HISOBLANMAYDI?
1) "Miranda" qoidalari bo'yicha AQSH Oliy sudining qarori; 2) Bola huquqlari bo'yicha Konvensiya; 3) Sudyalarning odob-axloq kodeksi; 4) Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan ish-muomalasi (odatlari); 5) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida gi qonun; 6) O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
  1. A) 1 va 3
  2. B) faqat 3
  3. C) 5 va 6
  4. D) 2 va 4
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) faqat 3

Sudyalarning odob-axloq kodeksi axloqiy-kasbiy hujjat bo'lib, huquq manbasi (normativ-huquqiy hujjat) hisoblanmaydi. Sud pretsedenti, konvensiya, huquqiy odat, qonun va kodeks huquq manbalari sirasiga kiradi.

6. Quyidagi ma'lumotlarning yakuniy xulosasi (to'g'ri/noto'g'ri) keltirilgan javobni aniqlang.
I. Inson huquqlari madaniyati — bu barcha insonlarning qadr-qimmatini tan oladigan va himoya qiladigan standartlar hisoblanadi.
II. Ijtimoiy yordam kishilarni butun hayoti davomida turli xil ijtimoiy xatarlardan himoyalash, ular uchun munosib turmush sharoitiga erishish yoki uni saqlab qolishga qaratilgan choralar va dasturlar majmui hisoblanadi.
III. Huquq qoidalari bilan tartibga solinadigan oilaviy munosabatlar oiladagi huquqiy munosabatlar deb ataladi.
  1. A) I-to'g'ri; II-to'g'ri; III-noto'g'ri
  2. B) I-to'g'ri; II-to'g'ri; III-to'g'ri
  3. C) I-noto'g'ri; II-to'g'ri; III-to'g'ri
  4. D) I-noto'g'ri; II-to'g'ri; III-noto'g'ri
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) I-noto'g'ri; II-to'g'ri; III-to'g'ri

II va III bandlari to'g'ri. IJTIMOIY YORDAM — kishilarni butun hayoti davomida turli ijtimoiy xatarlardan himoyalash, ular uchun munosib turmush sharoitiga erishish yoki uni saqlab qolishga qaratilgan choralar va dasturlar majmui. OILAVIY HUQUQIY MUNOSABATLAR — huquq qoidalari bilan tartibga solingan oilaviy munosabatlar. I bandi esa NOTO'G'RI: inson huquqlari madaniyati — «standartlar» emas; u insonning o'z huquqlarini bilishi, ularni himoya qila olishi va boshqalarning huquqlarini hurmat qilishida namoyon bo'ladigan BILIM, KO'NIKMA VA TAJRIBALAR majmuidir. Standartlar esa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan talablar bo'lib, madaniyat tushunchasidan farq qiladi. Demak I-noto'g'ri; II-to'g'ri; III-to'g'ri.

7. Quyida keltirilgan ma'lumotlarni tahlil qiling va to'g'ri moslashtiring.
1) yuridik akt
2) yuridik javobgarlik
3) yuridik faktlar
4) yuriskonsult
a) huquqshunos, korxona va muassasalarda yuridik masalalar yuzasidan konsultant sifatida ishlaydigan mutaxassis, yurist.
b) huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o'zgartirish yoki bekor qilish bilan bog'liq harakat yoki hodisalar.
c) jazoga tortish, yuridik majburiyatlarni buzgan shaxs, aybdorga nisbatan qonunda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo'llash.
d) davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan o'z vakolatlari doirasida chiqariladigan farmoyish.
  1. A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
  2. B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
  3. C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
  4. D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

To'g'ri javob: C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a. Manba: Huquq nazariyasi — yuridik atamalar.

8. Davlat boshqaruvi sohasida markazlashtirishni cheklashga imkoniyat yaratuvchi holatni aniqlang.
  1. A) davlat boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqartirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarini kengaytirish
  2. B) davlat boshqaruvida gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqartirish hisobiga vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini kengaytirish
  3. C) boshqaruv borasidagi vazifalarning bir qismini federal respublika darajasidan mahalla miqyosiga o'tkazish
  4. D) o'zini-o'zi boshqarishning noyob shakli bo'lgan mahalla tizimining vakolatlarini kengaytirish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) davlat boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqartirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarini kengaytirish

Markazlashtirishni cheklash — markaziy (vertikal) boshqaruv organlari vakolatlarini qisqartirib, joylardagi (gorizontal) organlar vakolatlarini kengaytirish, ya'ni desentralizatsiya. C-bandda "federal respublika" O'zbekiston unitar davlat bo'lgani uchun noto'g'ri.

9. Odamlar davlatga birlashgunga qadar qanday ijtimoiy tuzumlarni boshdan kechirganligi bo'yicha ketma-ketlikni aniqlang?
  1. A) Qabila – urug' jamoasi – qabilalar ittifoqi
  2. B) To'da – urug' jamoasi – qabila
  3. C) Urug' jamosi – qabila – to'da
  4. D) Qabila – qabilalar ittifoqi – urug' jamoasi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) To'da – urug' jamoasi – qabila

Davlat paydo bo'lgunga qadar ibtidoiy jamiyat bosqichlari ketma-ketligi: to'da (ibtidoiy poda) → urug' jamoasi → qabila → qabilalar ittifoqi. Berilgan variantlar ichida to'g'ri ketma-ketlik — To'da – urug' jamoasi – qabila.

10. Necha yoshgacha bo'lgan fuqarolar ota-onalari, vasiylari (boquvchilari) voyaga yetmagan o'spirinning mustaqil chetga chiqishiga oid notarial tasdiqlangan roziligi bo'lgan taqdirda xorijga kattalarning hamrohligisiz chiqishlari mumkin?
  1. A) 14 dan 17 yoshgacha
  2. B) 15 dan 18 yoshgacha
  3. C) 15 dan 16 yoshgacha
  4. D) 17 dan 18 yoshgacha
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 15 dan 18 yoshgacha

Amaldagi tartibga ko'ra 15 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan fuqarolar ota-onasining, vasiysi yoki boquvchisining notarial tasdiqlangan roziligi bo'lsa, kattalarning hamrohligisiz chet elga chiqishlari mumkin. 15 yoshgacha bo'lgan bola esa faqat ota-ona yoki ularni almashtiruvchi shaxs hamrohligida chiqadi. Bu qoida bolaning xavfsizligini ta'minlash va uni noqonuniy olib chiqib ketishning oldini olishga qaratilgan.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.