1. 17,1 g maltozaning gidrolizlanishidan olingan glukoza spirtli bijg‘itildi. Hosil bo‘lgan gaz 0,5 M li 400 ml natriy gidroksid eritmasiga yuttirilganda necha gramm tuz hosil bo‘ladi?
A) 21,2
B) 8,4
C) 10,6
D) 16,8
Показать ответ
Правильный ответ: D) 16,8
17,1 g maltozadan 2 mol glukoza ajralib, 4 mol CO2 hosil bo'ladi. 400 ml 0,5 M NaOH (0,2 mol) bilan to'liq reaksiyaga kirishib, 0,2 mol natriy gidrokarbonat (NaHCO3) tuzi yuzaga keladi, massasi 16,8 g.
2. 4 Al + 3O2=2Al2O3 + 3240 kJ Yuqoridagi reaksiyadan 1620 kJ issiqlik ajralsa, reaksiya uchun olingan kislorodning miqdorini (mol) aniqlang.?
A) 1
B) 2
C) 0,5
D) 1,5
Показать ответ
Правильный ответ: D) 1,5
Reaksiya 3240 kJ ajratsa, 1620 kJ – bu 3240 kJ‑ning ½. Shunday qilib, reaksiyaning ½ miqdori sodir bo’ladi. 3 mol O₂‑ning ½‑i 1,5 mol.
3. 0,8 mol moddaning og‘irligi 128 g ga teng bo‘lsa, ushbu moddaning molar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 100
B) 74
C) 80
D) 160
Показать ответ
Правильный ответ: D) 160
Molar massa = og‘irlik / mol miqdori. 128 g / 0.8 mol = 160 g/mol, shuning uchun D variant to‘g‘ri.
4. Temirdan yasalgan plastinka dastlab xlorid kislota eritmasida eritilishi natijasida 0,375 mol gaz ajraldi.Plastinka chiqarib olinib kumush nitrat eritmasiga tushirildi. Ikkala jarayon oxirida plastinka massasi 11 g ga ortdi. Plastinkaga o‘tirgan kumush massasini (g) aniqlang.
A) 10,8
B) 86,4
C) 21,6
D) 43,2
Показать ответ
Правильный ответ: D) 43,2
5. 1 mol 1-xlorbutanga KOH ning spirtdagi eritmasi ta’sir ettirilganda 22,4 g alken olindi. Reaksiya unumini (%) aniqlang.
A) 50
B) 75
C) 25
D) 40
Показать ответ
Правильный ответ: D) 40
6. Propan va neon gazlarini aralashtirib, massasi 304 g bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil qilindi. Agar shu gazlar aralashmasining o‘rtacha molyar massasi 38 g/mol bo‘lsa, undagi propanning massasini (g) aniqlang.
A) 40.
B) 264.
C) 80.
D) 220.
Показать ответ
Правильный ответ: B) 264.
7. Natriy karbonat va kalsiy karbonat aralashmasi qizdirilganda aralashma massasi 26,4 grammga kamaydi. Hosil bo‘lgan aralashma qizdirilganda uning massasi o‘zgarmasligi ma’lum. Agar dastlabki aralashmani suvli idishga solib, hosil bo‘lgan cho‘kma ustidagi eritma orqali ko‘p miqdorda karbonat angidrid gazi o‘tkazilsa, massalarining yig‘indisi 164,4 g bo‘lgan nordon tuzlar hosil bo‘lishi ma’lum. Dastlabki aralashmadagi natriy karbonat (a) va kalsiy karbonat (b) massalarini aniqlang.
A) ‒ 42,4 g; b ‒ 40 g.
B) ‒ 42,4 g; b ‒ 60 g.
C) ‒ 84,8 g; b ‒ 40 g.
D) ‒ 84,8 g; b ‒ 60 g.
Показать ответ
Правильный ответ: B) ‒ 42,4 g; b ‒ 60 g.
8. Kalsiy karbonat va natriy karbonat aralashmasi qizdirilganda 33,6 litr (n.sh.) karbonat angidrid ajralib chiqib, massasi 296 g bo‘lgan ikki modda aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi metall karbonatlarining miqdorlari (mol) nisbatini aniqlang.
A) 3:5.
B) 3:4.
C) 2:1.
D) 1:1.
Показать ответ
Правильный ответ: B) 3:4.
9. Agar 198 g suvga 69 g natriy maydalanib solinsa necha gramm natriy gidroksid hosil bo‘ladi?
A) 40.
B) 120.
C) 80.
D) 160.
Показать ответ
Правильный ответ: B) 120.
10. 2 mol “A” modda va 14 mol H2Oaralashtirilib eritma tayyorlandi. Hosil bo‘lgan eritmadagi ionlar va molekulalarning umumiy miqdori 20 mol ekanligi aniqlandi. Agar α(erigan modda)=100%, α(H2O)=0% ekanligi va eritmadagi erigan moddaning massa ulushi 58% ekanligi ma’lum bo‘lsa, erigan moddani aniqlang.