Вопросы и материалы на этой странице пока на узбекском языке. Интерфейс переведён.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish — тестовые вопросы с ответами

Huquq · 5 открытых вопросов (всего в банке 23) · в каждом — правильный ответ и пояснение
1. Iste'molchi o'zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) qanday asoslardan kelib chiqib, kafolat berilishni talab qilish huquqiga ega?
1) sanitariya-gigiyena; 2) radiologiya; 3) epidemiya; 4) nosozlik; 5) iste'molchining hayoti, sog'lig'i; 6) atrof-muhit uchun xavfsiz bo'lishiga; 7) iste'molchining mol-mulkiga zarar.
  1. A) 1, 2, 3
  2. B) 1, 4, 5, 6
  3. C) 1, 2, 3, 4, 5, 7
  4. D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
Показать ответ

Правильный ответ: D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

Iste'molchi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, radiologiya, epidemiya, nosozlik, hayot va sog'liq, atrof-muhit hamda mol-mulk xavfsizligi — barcha asoslar bo'yicha kafolat va xavfsizlikni talab qilish huquqiga ega. Demak 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7.

2. Iste'molchi o'zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) qanday qoida va talablarga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega?
1) sanitariya-gigiyena talablari; 2) radiologiya talablari; 3) epidemiyaga qarshi talablar; 4) tegishli qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo'lishi; 5) hayot, sog'liqqa zarar keltirmaslik qoidalari; 6) atrof-muhit uchun xavfsizlik talablari; 7) mol-mulkga zarar yetkazmaslik talabi.
  1. A) 1, 2, 3
  2. B) 1, 4, 5, 6
  3. C) 1, 2, 3, 4, 5, 7
  4. D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
Показать ответ

Правильный ответ: D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunga ko'ra iste'molchi tovar (ish, xizmat) barcha sanab o'tilgan talablarga — sanitariya-gigiyena, radiologiya, epidemiyaga qarshi, ishlab chiqarish qoidalari, hayot/sog'liq, atrof-muhit hamda mol-mulk xavfsizligi (1–7) — kafolat berilishini talab qilishga haqli. To'g'ri javob — hammasi.

3. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi vazifasiga oid BO'LMAGAN javobni aniqlang.
  1. A) A) iste'molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko'rsatish
  2. B) B) iste'molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish
  3. C) C) iste'molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisi to'g'risidagi haqqoniy va to'liq ma'lumotlarni olishini ta'minlash
  4. D) D) uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilash
Показать ответ

Правильный ответ: D) D) uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddatini belgilash

Muallif kalitiga ko'ra agentlik vazifasiga kirmaydigan javob — D. Kafolat muddatini agentlik emas, balki ishlab chiqaruvchi/sotuvchi belgilaydi; agentlik faqat iste'molchi huquqlarini himoya qiladi va nazorat qiladi.

4. Ma'lumotlarni to'g'ri moslashtiring.
1. Iste'molchi — a) iste'molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona; 2. Sotuvchi — b) oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha iste'molchiga tovar realizatsiya qiladigan tadbirkor; 3. Ishlab chiqaruvchi — c) buyumning olish bilan og'liq bo'lmagan holda shaxsiy iste'mol qilish xususiy yo'salikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi.
  1. A) A) 1-c; 2-b; 3-a
  2. B) B) 1-a; 2-b; 3-c
  3. C) C) 1-a; 2-c; 3-b
  4. D) D) 1-b; 2-c; 3-a
Показать ответ

Правильный ответ: A) A) 1-c; 2-b; 3-a

Iste'molchi — shaxsiy ehtiyoj uchun tovar sotib oluvchi (c); Sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha tovar realizatsiya qiluvchi tadbirkor (b); Ishlab chiqaruvchi — tovar ishlab chiqaruvchi korxona (a). Demak 1-c, 2-b, 3-a.

5. Quyida berilgan yuridik atamalar va ularning izohi to'g'ri moslashtirilgan javobni belgilang.
1) Tovar cheki; 2) Sotuvchi; 3) Muvofiqlik sertifikati; 4) Ishlab chiqaruvchi;
a) iste'molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibdagi tadbirkor; b) sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat; c) oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha iste'molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tartibdagi tadbirkor; d) tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to'langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to'langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma'lumot ko'rsatilgan hujjat.
  1. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
  2. B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
  3. C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
  4. D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
Показать ответ

Правильный ответ: C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

To'g'ri javob: C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a. (Javob muallif kaliti va manba rasmi bo'yicha qayta tekshirildi; Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun.)

Это открытая часть темы. Полный банк, режим на время, разбор и работа над ошибками — в режиме теста.