Вопросы и материалы на этой странице пока на узбекском языке. Интерфейс переведён.

Inson huquqlari va erkinliklari — тестовые вопросы с ответами

Huquq · 5 открытых вопросов (всего в банке 11) · в каждом — правильный ответ и пояснение
1. Xalqaro sud nechta sudyadan iborat bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi va xalqaro masalalar bo‘yicha konsultativ xulosalar beradi?
  1. A) 17 ta
  2. B) 15 ta
  3. C) 13 ta
  4. D) 18 ta
Показать ответ

Правильный ответ: B) 15 ta

BMTning Xalqaro sudi (Gaagadagi Xalqaro sud) 15 nafar sudyadan iborat. Sudyalar BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan to'qqiz yil muddatga saylanadi; har uch yilda tarkibning uchdan bir qismi yangilanadi va bir davlatdan bir vaqtning o'zida faqat bitta sudya bo'lishi mumkin. Sud davlatlar o'rtasidagi nizolarni ko'radi hamda BMT organlari so'roviga binoan xalqaro-huquqiy masalalar bo'yicha maslahat xulosalari beradi.

2. Xalq vakilligiga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilish fuqarolarning qaysi huquqlari sirasiga kiradi?
  1. A) Siyosiy huquqlar
  2. B) Madaniy huquqlar
  3. C) Shaxsiy huquqlar
  4. D) Iqtisodiy huquqlar
Показать ответ

Правильный ответ: A) Siyosiy huquqlar

Davlat organlariga murojaat qilish huquqi — siyosiy huquqlar sirasiga kiradi.

3. Hibsga olishga va qamoqda saqlashga faqat sud qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sud qarorisiz necha soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas?
  1. A) 48 soat
  2. B) 40 soat
  3. C) 24 soat
  4. D) 52 soat
Показать ответ

Правильный ответ: A) 48 soat

Sud qarorisiz shaxs 48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.

4. Qaysi shaharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomi imzolagan edi ?
  1. A) San-Fransisko
  2. B) Moskva
  3. C) Nyu-york
  4. D) Parij
Показать ответ

Правильный ответ: A) San-Fransisko

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi 1945-yil 26-iyunda AQShning San-Fransisko shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada 50 davlat vakillari tomonidan imzolangan va o'sha yilning 24-oktabrida kuchga kirgan — shu sana BMT tashkil topgan kun hisoblanadi. Nyu-York esa Nizom imzolangan joy emas, BMTning bosh shtab-kvartirasi joylashgan shahar.

5. Inson huquqlari bo‘yicha Vakillik institut qachon tashkil qilingan ?
  1. A) 1994-yil
  2. B) 1992-yil
  3. C) 1991-yil
  4. D) 1995-yil
Показать ответ

Правильный ответ: D) 1995-yil

Inson huquqlari bo‘yicha Vakil (Ombudsman) instituti 1995-yilda tashkil etilgan.

Это открытая часть темы. Полный банк, режим на время, разбор и работа над ошибками — в режиме теста.