Вопросы и материалы на этой странице пока на узбекском языке. Интерфейс переведён.
Тесты Банк вопросов Huquq Inson huquqlari institutlari
Huquq

Inson huquqlari institutlari

53 вопросов
Примеры вопросов5 / 11
1. Quyidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. (I — Ombudsman; II — Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz; III — umumiy)
a) shikoyat arizasini mohiyat yuzasidan hal qilish vakolati bo'lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga berish; b) O'zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va himoya qilinishi bo'yicha milliy ma'ruzalar tayyorlash; c) inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, milliy qonunchilik hujjatlariga O'zbekiston Respublikasining inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarini qo'llashni ta'minlash bo'yicha takliflar tayyorlash; d) rad etish sabablarini majburiy tarzda ko'rsatgan holda shikoyatni ko'rib chiqishni rad etish; e) O'zbekiston mustaqil rivojlanish yillarida inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha inson huquqlari himoyasi mexanizmini kengaytirishga yo'naltirilgan yangi milliy institutlar; f) 1991-yil tashkil etilgan.
  1. A) I-b, a; II-d; III-f
  2. B) I-a, d; II-b, c; III-e
  3. C) I-b; II-c, a; III-f
  4. D) I-a, c; II-b, d; III-e
Показать ответ

Правильный ответ: B) I-a, d; II-b, c; III-e

Muallif kalitiga ko'ra to'g'ri javob — B (I-a, d; II-b, c; III-e). Ombudsman (I) shikoyatni vakolatli organga berish (a) va rad etish sabablarini ko'rsatib shikoyatni ko'rib chiqishni rad etish (d); Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz (II) milliy ma'ruzalar tayyorlash (b) va xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka muvofiqlashtirish takliflari (c); umumiy (III) — inson huquqlari himoyasi mexanizmini kengaytiruvchi milliy institut bo'lishlik (e).

2. Quyidagi ma'lumotlardan faqat to'g'ri javobni aniqlang. (Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi to'g'risidagi Nizom, 4-bob)
1) Milliy Markaz direktorini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; 2) Milliy Markazning asosiy tarkibiy bo'linmalari muayyan muammolarni hal etish uchun tuzilgan bo'limlar hisoblanadi; 3) Direktor joyida bo'lmagan davrda uning vazifa va vakolatlarini hech kim bajarishga haqli emas; 4) Markaz xodimlarini direktor taqdimnomasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
  1. A) 1 va 2
  2. B) 2 va 4
  3. C) 3 va 4
  4. D) 2 va 3
Показать ответ

Правильный ответ: A) 1 va 2

Nizomga ko'ra Milliy Markaz direktorini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimga tayinlaydi va ozod etadi (1) hamda Markazning asosiy tarkibiy bo'linmalari muayyan muammolarni hal etish uchun tuzilgan bo'limlar hisoblanadi (2). Muallif kalitiga ko'ra to'g'ri javob — 1 va 2 (A).

3. Milliy Markaz blankasida quyidagilardan qaysi birining tasviri tushirilgan bo'lishi lozim? (Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi to'g'risidagi Nizom, 26-band)
  1. A) Milliy Markaz Nizomi
  2. B) O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi
  3. C) Milliy Markaz tashkil etilgan sana
  4. D) Milliy Markaz ramzi
Показать ответ

Правильный ответ: B) O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi

Nizomga ko'ra Milliy Markaz yuridik shaxs sifatida o'z nomi yozilgan muhr, shtamp va blankalarga ega bo'lib, blankasida O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo'ladi.

4. Nuqtalar o'rniga mos keluvchi so'zlarni aniqlang. (Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi to'g'risidagi Nizom, 22-band)
Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama to'lash O'zbekiston Respublikasi … xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  1. A) Vazirlar Mahkamasi
  2. B) oliy ta'lim muassasasi
  3. C) adliya organlari
  4. D) diplomatik elchi va konsullik
Показать ответ

Правильный ответ: C) adliya organlari

Nizomning 22-bandiga ko'ra Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama to'lash O'zbekiston Respublikasi adliya organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

5. Milliy Markaz direktori vazirga quyidagi qaysilar bo'yicha tenglashtiriladi? (Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi to'g'risidagi Nizom, 18-band)
1) byudjeti; 2) maqom; 3) transport ta'minoti; 4) oylik maoshi.
  1. A) 2 va 3
  2. B) 2 va 4
  3. C) 1 va 3
  4. D) 1 va 2
Показать ответ

Правильный ответ: A) 2 va 3

Nizomning 18-bandiga ko'ra Milliy Markaz direktori maqomi (2) va transport ta'minoti (3) bo'yicha O'zbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtiriladi. Muallif kalitiga ko'ra to'g'ri javob — 2 va 3 (A).

Совет

Начинайте с лёгких вопросов, затем переходите к сложным. Решайте не менее 20 вопросов каждый день.

Настройки теста
Количество вопросов
от 5 до 53
Уровень сложности
Тип практики
Тема Inson huquqlari i…
Вопросы 10
Примерно ~20 мин.
Начать бесплатно

Уже есть аккаунт? Войти