7-sinf Ona tili
7-sinf Ona tili — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 160 betdan iborat, 7-sinf Ona tili fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Kitobni varaqlab ko'ring
Фрагмент книги
2 © «Ma’naviyat», 2017 Aziz o‘quvchilar! Donishmandlar: «Til – dilning kaliti», – deb bejiz aytmaganlar. Hayotda har bir insonning qalbiga yo‘l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz, albatta. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o‘rganmoqning foydasi nechog‘lik katta ekani ayondir. Siz 7-sinfda 6-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yana yangi-yangi ma’lumotlar olasiz, o‘rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziq mashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanasiz. 7-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to‘g‘ri xulosalar chiqara oli- shingiz, so‘z boyligingizning oshishi, to‘g‘ri talaffuz va puxta imlo sohibi bo‘lis…
3 K I R I S H TIL VA NUTQ Savol va topshiriqlar 1. Til deb nimaga aytiladi? 2. Nutq haqida bilganlaringizni gapirib bering. 3. O‘zbek tili nima uchun bizga ona tili sanaladi? Shu haqda bahs- lashing. 1-mashq. Matnni o‘qing. Dunyodagi tillar va ular orasida o‘zbek tilining tutgan o‘rni haqida bahslashing. Alisherning qalbiga kirmoqchiday, tikilib qarardi tog‘asi. Fors shoirlari yuksak tuyg‘ular, teran fikrlar ila to‘la ajib she’rlar yaratmishlar. Bizning turkigo‘y shoirlar ham ularga ergashib, forsiy she’rlar ijod qilishni odat qilib olmishlar. Turkiston o‘lka- miz vodiylari, sahrolari keng, tog‘lari buyuk, aholisi turk – o‘zbekdur. O‘zimizga xos odatlarimiz, an’analarimiz, qo‘shiq- larimiz, …
4 Misol uchun tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no- mazmun bilan boyitadigan va to‘ldiradigan iboralarni olaylik. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu iboralarni boshqa tillarga aynan tarjima qilishning o‘zi mushkul bir muammo. Shuni aytish lozimki, bu tushunchalar kimdir shunchaki o‘ylab topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar emas. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qad- riyatlarning amaliy ifodasidir. 3-mashq. Gaplarni ko‘chiring. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning ahamiyati ha…