Metallmaslar va ularning birikmalari — test savollari javoblari bilan

Kimyo · 5 ta ochiq savol (bankda jami 6 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Etilatsetat va noma’lum murakkab efir 2:3 miqdoriy (mol) nisbatda (mos ravishda) aralashtirilib efirlar aralashmasi hosil qilindi. Shu efirlar aralashmasi natriy gidroksidining suvli eritmasi bilan ta’sirlashganda massalarining yig‘indisi 452 g bo‘lgan tuzlar va 230 g etil spirit hosil bo‘ldi. Agar efirlarning natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishishi natijasida spirtlar sinfiga mansub moddalardan faqatgina etil spirit hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘lsa, noma’lum efirning nomini aniqlang.
  1. A) propilasetat.
  2. B) etilpropanoat.
  3. C) propilformiat.
  4. D) etilformiat.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) etilpropanoat.

2. Natriyning qaysi birikmasi surgi dori sifatida ishlatiladi.
  1. A) chili selitrasi
  2. B) kristall soda
  3. C) glauber tuzi
  4. D) suvsizlantirilgan soda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) glauber tuzi

3. 0,1 mol metall gidrofosfati tarkibida 7,4 mol elektron mavjud bo‘lsa, moddani aniqlang.
  1. A) MgHPO4
  2. B) FeHPO4
  3. C) CaHPO4
  4. D) Na2HPO4
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) FeHPO4

4. Tarkibi C5H13N bo‘lgan necha xil uchlamchi amin bo‘ladi? (optik izomerlari hisobga olinmasin)
  1. A) 3
  2. B) 1
  3. C) 4
  4. D) 2
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) 3

5. Yer sharining yadrosiga yaqinlashgan sari qanday kimyoviy elementlardan tashkil topgan moddalar ko‘proq uchrashi aniqlangan?
  1. A) inert gazlar, uglevodorodlar, uglerod va oltingugurt gazlari
  2. B) zichligi katta bo‘lgan og‘ir metall elementlaridan
  3. C) kremniy birikmalari
  4. D) barcha elementlar bir xil uchraydi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) zichligi katta bo‘lgan og‘ir metall elementlaridan

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.