Jinoyat va ma'muriy huquq — test savollari javoblari bilan

Huquq · 5 ta ochiq savol (bankda jami 9 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Odam o‘g‘rilash jinoyatining obyekti qaysi variantda berilgan?
  1. A) odamning sog‘lig‘i
  2. B) odamning hayoti
  3. C) odamning erkinligi
  4. D) to‘g‘ri javob yo‘q
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) odamning erkinligi

Odam o‘g‘rilash jinoyatining bevosita obyekti — shaxsiy erkinlik.

2. Fuqarolar teng huquqliligining buzilishi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga qarshi jinoyat deb tan olinadi va qaysi qonunchilik bilan tartibga solinadi?
  1. A) Konstitutsiya
  2. B) Jinoyat kodeksi
  3. C) Fuqarolik kodeksi
  4. D) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Jinoyat kodeksi

Jinoyat deb tan olingani uchun Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi.

3. Atrof muhitda biron muayyan o‘zgarishga olib keladigan va sabab bo‘ladigan shaxsning aqliy va irodaviy xatti-harakati jinoyat tarkibining qaysi elementi hisoblanadi ?
  1. A) obyekti
  2. B) obyektiv tomoni
  3. C) subyekti
  4. D) subyektiv tomoni
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) obyektiv tomoni

Jinoyatning obyektiv tomoni — atrof-muhitda o‘zgarish keltirib chiqaradigan tashqi xatti-harakat va uning oqibati.

4. …… qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfli ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va bu borada yuzaga keladigan barcha munosabatlar tartibga solinadi?
  1. A) Oila huquqi sohasi orqali;
  2. B) Fuqarolik huquqi sohasi orqali;
  3. C) Jinoyat huquqi sohasi orqali;
  4. D) Mehnat huquqi sohasi orqali;
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) Jinoyat huquqi sohasi orqali;

Jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar va ular uchun jazo jinoyat huquqi sohasida belgilanadi.

5. …… - bu faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan 60 soatdan 240 soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi?
  1. A) Ozodlikdan mahrum qilish;
  2. B) Jarima;
  3. C) Majburiy jamoat ishlari;
  4. D) Ozodlikni cheklash;
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) Majburiy jamoat ishlari;

Voyaga yetmaganlarga 60–240 soat tayinlanadigan jazo — majburiy jamoat ishlari.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.