Badiiy matn va she'riy tahlil — test savollari javoblari bilan

Adabiyot · 6 ta ochiq savol (bankda jami 30 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. 'Temir intizom' birikmasi qanday ma'noda?
  1. A) O‘z ma'nosida
  2. B) Ko‘chma ma'noda
  3. C) Termin
  4. D) Sheva
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Ko‘chma ma'noda

2. Badiiy asarlarda qahramonning qaysi hududdan ekanligini ko'rsatish uchun qanday so'zlardan foydalaniladi?
  1. A) Terminlardan
  2. B) Dialektizmlardan
  3. C) Neologizmlardan
  4. D) Kasb-hunar so'zlaridan
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Dialektizmlardan

3. Yaratildi bir shoh asar, go‘zal bir doston,
G‘adir-budur mehnat qo‘li bitgandir buni, ...
Qofiyadir fabriklar-la qizlar qo‘shig‘i,
O‘qi va sev! Buning ismi — yosh 0‘zbekiston.
O‘zbekiston atalmish yurtning o‘zligini — tarixi, buguni va kelajagini qunt bilan o‘qish, tanish va shular asosida sevishga, ardoqlashga yonib da’vat etilgan ushbu misralar muallifini aniqlang.
  1. A) Hamid Olimjon
  2. B) Zulfiya
  3. C) Oybek
  4. D) Mirtemir
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) Hamid Olimjon

4. Nodira qalamiga mansub “Eshit” radifli g‘azalidan olingan parchani o‘qing va u asosida tuzilgan savollarga javob bering.
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misrayi baijastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
G‘azal mazmuniga oid xato fikrni aniqlang.
  1. A) Ikkinchi baytda quyidagi ma’no ifodalangan: ohimning cho‘zilgan shu’lasi husning devonxonasi (mirzoxonasi)da (bir) munosib misra (bo‘ldi), ey sarvdek tik qomatli (yorim), eshit.
  2. B) Lirik qahramon gapni to‘g‘ridan to‘g‘ri yorga murojaatdan boshlamaydi, avvalo, o‘z holini bayon etishga urg‘u beradi.
  3. C) Lirik qahramon o‘zini bechoraga, yorini shohga o‘xshatmoqda.
  4. D) Birinchi misradan ey podshohlar podshohi, arz qilib, (oldingga) keldim, arzimni eshit, degan ma’noni tushunishimiz mumkin
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Lirik qahramon gapni to‘g‘ridan to‘g‘ri yorga murojaatdan boshlamaydi, avvalo, o‘z holini bayon etishga urg‘u beradi.

5. “Mehrobdan chayon” romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi.
Ushbu mavzuda yozilgan inshoning turini aniqlang.
  1. A) Erkin mavzudagi insho
  2. B) Adabiy mavzudagi insho
  3. C) Ilmiy mavzudagi insho
  4. D) Publisistik mavzudagi insho
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Adabiy mavzudagi insho

6. Quyidagi she’riy parcha mazmuniga oid xato fikr berilgan javobni tanlang.
Shabistonida tug‘di bir yangi oy,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy
Ochildi bog‘ida bir otashin vard,
Demaykim vard, balkim shu'layi dard.
  1. A) Parchada Chin xoqonining hayoti Farhod tug‘ilgunga qadar farzandsizlik tufayli qorong‘i kechadek qayg‘uli bo‘lganligi uchun shabistonga o‘xshatilgan.
  2. B) Parchada, “bog‘ida” deyilganda xoqonning oilasi nazarda tutilyapti; “ochildi” so‘zi esa tug‘ildi so‘zining matndagi ma'nodoshi bo‘lib kelyapti.
  3. C) Parchadagi vard so‘zi lola ma’nosini bildirib, Chin xoqonining farzandsizlikdan chekkan dardlari qalbini qon qilganligiga, ya’ni lolaga qiyoslanyapti.
  4. D) Parchada Farhodning tug‘ilishi yangi oyga qiyoslanmoqda.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) Parchada Chin xoqonining hayoti Farhod tug‘ilgunga qadar farzandsizlik tufayli qorong‘i kechadek qayg‘uli bo‘lganligi uchun shabistonga o‘xshatilgan.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.