Yangiliklar

Xivada Lyaonin universiteti filiali ochilishi rejalashtirilmoqda

·1 daqiqa o‘qish
Xivada Lyaonin universiteti filiali ochilishi rejalashtirilmoqda

Xivada Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual taʼlimni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish bo'yicha taqdimotlar bilan tanishdi.

Filialda xalqaro yo'nalishlar ochiladi

Xiva shahrida joylashgan filialda xalqaro xitoy tili taʼlimi, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sunʼiy intellekt yoʻnalishlari ochiladi. Taʼlim oʻzbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi, bitiruvchilarga Oʻzbekiston va Xitoyda tan olinadigan diplom beriladi. Jarayon 2026/2027 oʻquv yilida boshlanishi koʻzda tutilmoqda.

Dual ta'lim tizimi kengaytiriladi

Oʻzbekistonda dual taʼlim tizimi kengaymoqda. Andijon viloyatida 11 ming talaba 2 ming korxonada dual taʼlim bo'yicha amaliyot oʻtamoqda. Germaniya tajribasini mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish va korxonalarning kadrlar tayyorlashdagi ishtirokini kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi. 2027/2028 oʻquv yilida bu shakldagi taʼlimga 75 ta oliygoh va 3,5 ming korxonani jalb qilish rejalashtirilgan.

Korxonalar rag'batlantiriladi

Talabalarni amaliyotga qabul qilgan korxonalarni ragʻbatlantirish choralari ham taqdim qilindi. Xususan, talabaga toʻlangan ish haqining 50 foizini subsidiya sifatida qoplash, bojxona toʻlovlari va amortizatsiya boʻyicha imtiyozlar berish taklif qilinmoqda. Shuningdek, dual taʼlimni samarali yo'lga qo'ygan korxonalar va oliygohlarni ragʻbatlantirish uchun tanlov oʻtkazish taklifi ham koʻrib chiqildi.

Manba: Prezident Administratsiyasi, 2026-yil 28-sentabr.

Fanlardan mashq qilishTestMakon — 12 000+ savol, AI tahlil Boshlash Keyingi maqola 3–9-sinf o'quvchilari uchun 'Sen iste’dodlisan' tanlovi Maktab · 24 Sentabr Maktab darsliklari PDF 1–11 sinf, barcha fanlar — bepul yuklab oling yoki onlayn o'qing

O‘xshash maqolalar