Germaniyada gulchilik va bog‘bonlik uchun qabul boshlandi
Germaniyada gulchilik va bog‘bonlik sohasida o‘qish uchun qabul ochildi. Migratsiya agentligi bu haqda ma'lum qildi. Arizalar 20-oktabrgacha qabul qilinadi.
18−25 yoshdagilar uchun uch yillik dastur
Gulchilik va bog‘bonlik bo‘yicha uch yillik bepul ta'lim dasturi 18−25 yoshdagi yoshlar uchun ochiq. Nomzodlar nemis tilini kamida B1 darajasida bilishi va Goethe, Yevropa Sertifikatlar Ligasi (ECL), telc, Nemis maktablari diplomi (DSD), ÖSD yoki TestDaF sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishi kerak. Sertifikat 2026-yil fevraldan oldin olingan bo‘lmasligi lozim.
Oliy ma'lumotli nomzodlar qabul qilinmaydi
Dasturda o‘rta maktab, kollej, litsey yoki texnikum bitiruvchilari qatnashishi mumkin. Oliy ma'lumotli nomzodlar qabul qilinmaydi. Ta'limni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Germaniyada doimiy ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yillarga qarab stipendiya miqdori ko'tariladi.
Ta'lim davrida ishtirokchilarga Germaniyada qaysi federal yerda o‘qishiga qarab, oylik stipendiya beriladi. Birinchi yilda 724−900 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Ikkinchi yilda 854−1000 yevro beriladi. Uchinchi yilda esa 977−1100 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Bu summalar soliqlar va boshqa majburiy ushlanmalardan oldingi miqdorlar hisoblanadi.
Ma'lumot: 2026-yil oktyabr oyida Migratsiya agentligi.