Savol 1 · Amaliy va sanoat kimyosi
Polimerlanish darajasi nechaga teng bo‘lganda propilen nisbiy molekulyar massasi 17220 ga teng bo‘lgan polipropilen molekulalarini hosil qiladi?
- A)300.
- B)410.
- C)270.
- D)350.
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) 410.
Savol 2 · Amaliy va sanoat kimyosi
Titrlash usulida eritmaning noma'lum konsentratsiyasini aniqlash uchun nima kerak?
- A)filtr qog'ozi
- B)aniq konsentratsiyali (standart) eritma
- C)tarozi
- D)probirka
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) aniq konsentratsiyali (standart) eritma
Titrlashda konsentratsiyasi aniq bo'lgan standart eritma ishlatiladi.
Savol 3 · Amaliy va sanoat kimyosi
Sulfat ionini (SO₄²⁻) sifat jihatdan aniqlash uchun qaysi reagent ishlatiladi?
- A)NaOH
- B)AgNO₃
- C)BaCl₂
- D)HCl
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: C) BaCl₂
Ba²⁺ + SO₄²⁻ → BaSO₄↓ — kislotada erimaydigan oq cho'kma.
Savol 4 · Analitik kimyo
Eritmadagi xlorid ionini (Cl-) aniqlash uchun qaysi reaktiv ishlatiladi?
- A)Kumush nitrat eritmasi
- B)Ohakli suv
- C)Lakmus qog'ozi
- D)Bariy nitrat eritmasi
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) Kumush nitrat eritmasi
Ag(+) + Cl(-) -> AgCl - oq pag'asimon cho'kma.
Savol 5 · Amaliy va sanoat kimyosi
100 g 46,8% li natriy xloridi eritmasi to‘liq elektroliz qilindi. Anodda ajralgan gaz 200 g 30% li natriy yodid eritmasiga yuttirilganda qanday massadagi (g) cho‘kma ajraladi?
- A)63,5
- B)50,8
- C)38,1
- D)25,4
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) 50,8
Savol 6 · Analitik kimyo
Eritmadagi sulfat ionini (SO4 2-) aniqlash uchun qaysi reaktivdan foydalaniladi?
- A)Yod eritmasidan
- B)Bariy xlorid eritmasidan
- C)Kumush nitrat eritmasidan
- D)Fenolftaleindan
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) Bariy xlorid eritmasidan
Ba(2+) + SO4(2-) -> BaSO4 - kislotalarda erimaydigan oq cho'kma.
Savol 7Kimyo 2026 — 1-variant
Harorat 10°C dan 30°C ga ko'tarilganda reaksiya tezligi 4 marta ortadi. Agar harorat 50°C dan 293 K ga o'zgartirilganda reaksiya tezligi qanday o'zgaradi.
- A)8 marta kamayadi
- B)16 marta kamayadi
- C)16 marta ortadi
- D)8 marta ortadi
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) 8 marta kamayadi
Savol 8Kimyo 2026 — 2-variant
0,4 mol KCl eritmasi elektroliz qilindi va hosil bo'lgan eritma 100 g 9,8% H₃PO₄ eritmasi va 7,1 g P₂O₅ yutirilganda necha gramm tuz hosil bo'ldi.
- A)34,8
- B)45,6
- C)17,4
- D)27,2
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) 34,8
Savol 9Kimyo 2026 — 3-variant
Teng massada olingan geliy (He) va azot (N₂) aralashmasining 18,9 litr miqdori 83,1 kPa bosim va 42°C da qanday massali (g) bo‘ladi?
- A)4
- B)3
- C)3,5
- D)4,2
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) 4,2
Savol 10Kimyo 2026 — 4-variant
Reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan gazlarning (n.sh.) nisbiy molekulyar massa yig‘indisini toping.
- A)162
- B)98
- C)116
- D)100
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) 100
Savol 11Kimyo 2026 — 5-variant
Propan, propilen va propin 6:4:7 massa nisbatda bo’lsa,
255 g aralashma tarkibidagi propilen hajmini (n.sh) toping.
- A)16
- B)32
- C)22,4
- D)44,8
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) 32
Savol 12Kimyo 2026 — 6-variant
Magniy sulfat kristalgidrati tarkibida kislorodning massa ulushi 224/3 % bo’lsa. Kristalgidrat formulasini ko’rsating.
- A)MgSO4 ∙ 3H2O
- B)MgSO4 ∙ 5H2O
- C)MgSO4 ∙ 7H2O
- D)MgSO4 ∙ 10H2O
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) MgSO4 ∙ 10H2O
Savol 13Kimyo 2026 — 7-variant
O’rtacha molekulyar massasi 11,6 g/mol bo’lgan CO2 , H2 va X dan iborat aralashmada CO2 hajmi H2 hajmiga teng. X massasi H2 massasidan 6 marta katta bo’lsa, X ni aniqlang.
- A)He
- B)Ne
- C)CO
- D)Ar
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) He
Savol 14Kimyo 2026 — 8-variant
Temir izotopida neytronlar soni barcha zarralar sonining 8/21 qismini tashkil etadi. Temir atomiga izoton bo’lgan nikelning atom massasini aniqlang.
- A)57
- B)58
- C)59
- D)60
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) 60
Savol 15Kimyo 2026 — 9-variant
42,55 g KNO3 va KclO3 katalizator ishtirokida qizdirildi. Hosil bo’lgan gaz ozonatrdan o’tkazildi. Olingan modda KI eritmasi bilan reaksiyaga kirishdi. Olingan oddiy moddalar massa farqi 44,4 g bo’lsa. Dastlabki aralashmadagi KNO3 molini aniqlang.
- A)0,1
- B)0,3
- C)0,2
- D)0,25
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) 0,3
Savol 16Kimyo 2026 — 10-variant
Noma’lum alkanning yonish reaksiyasida uzilgan qutbli va qutbsiz kovalent bog’lar soni 1:1,6 nisbatda bo’lsa, alkanni aniqlang.
- A)metan
- B)etan
- C)propan
- D)butan
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) butan
Savol 17Kimyo 2026 — 11-variant
Ma’lum massadagi eritma bug’latilganda eritma massasi 20% ga erituvchi massasi 25% ga kamaydi. Daslabki eritma konsentratsiyasini (%) da hisoblang.
- A)50
- B)25
- C)20
- D)45
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: C) 20
Savol 18Kimyo 2026 — 12-variant
40 gramm SO3 160 g H2O ga qo’shilishidan hosil bo’lgan eritma foiz konsentratsiyasini (%) toping.
- A)24,5
- B)49
- C)50
- D)25
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) 24,5
Savol 19Kimyo 2026 — 13-variant
Tarozining chap tomoniga 42,14 • 1023 ta mis, o’ng tarafida x mol temir qo’yilganda tarozi pallalari tenglashdi.
“x” toping (Ar(Cu) = 64)
- A)7
- B)8
- C)9
- D)10
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) 8
Savol 20 · Amaliy va sanoat kimyosi
Xlorid ionini (Cl⁻) aniqlashda kumush nitrat bilan hosil bo'ladigan cho'kma qaysi?
- A)BaSO₄
- B)AgCl
- C)CaCO₃
- D)Fe(OH)₃
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) AgCl
Ag⁺ + Cl⁻ → AgCl↓ oq cho'kma.