5-sinf Biologiya
5-sinf Biologiya darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 97 betdan iborat, 5-sinf Biologiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
ISBN 978-9943-6479-3-0 © O‘. Pratov va b., 2005, 2020 © «O‘zbekiston» NMIU, 2020 Taqrizchilar: I. Azimov – TDPU biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, bio- logiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori R. Babayeva – TTA akademik litseyining biologiya bosh o‘qituvchisi, biolo- giya fanlari nomzodi B. Rahimova – Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 105-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Z. Xoliqnazarova – Respublika ta’lim markazi biologiya fani metodisti S. Hayitbayeva – Toshkent shahar Chilonzor tumani 178-sonli IDUM biolo- giya fani o‘qituvchisi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi UO‘K 573(075.3) KBK 28.0ya72 B 70 Darslikdag…
3 SO‘ZBOSHI SO‘ZBOSHI Ilm-fan, texnika jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat munosabatlari uzluksiz o‘rganilib borilayotgan hozirgi vaqtda umu- miy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya fanini mazmun jihatdan zamon talablariga mos holda o‘qitish (STEAM yondashuvi) fan o‘qituvchilari oldida turgan o‘ta dolzarb vazifa hisoblanadi. Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingizni endi siz uchun yan- gi fan – biologiya orqali takomillashtirib borasiz. Biologiya tiriklik haqidagi fan bo‘lib, u tabiatni o‘rganadi, o‘simlik va hayvonot dun- yosini tadqiq etadi. Biologiya fanining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rn…
4 I BOB. BIOLOGIYA TIRIK ORGANIZMLAR HAQIDAGI I BOB. BIOLOGIYA TIRIK ORGANIZMLAR HAQIDAGI FAN FAN 1-§. Biologiya – hayot haqidagi fan Biologiya sohalari. Biologiya – tiriklik, hayot haqidagi fan. Yunoncha «bios» – hayot, «logos» – fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. O‘rganish obyektiga ko‘ra biologiya bir qancha sohalarga bo‘linadi: 1) botanika – o‘simliklar haqidagi fan; 2) zoologiya – hayvonlar haqidagi fan; 3) mikologiya – zamburug‘lar haqidagi fan; 4) mikrobiologiya – kichik jonzotlarni o‘rganuvchi fan; 5) sitologiya – hujayra haqidagi fan; 6) anatomiya – tirik organizmning ichki tuzilishini o‘rganadi; 7) sistematika – tirik organizmlarni o‘xshash belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘lib o…