3-sinf Jismoniy tarbiya
3-sinf Jismoniy tarbiya darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 168 betdan iborat, 3-sinf Jismoniy tarbiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
3 SO‘ZBOSHI Aziz o‘quvchilar! 3- sinfda sizni juda ko‘p qiziqarli mash- g‘ulotlar kutmoqda. Siz gimnastika, sport o‘yinlari elementlari, yangi umumrivojlan- tiruvchi mashqlarni va qiziqarli milliy ha- rakatli o‘yinlarni o‘rganasiz. Shuningdek, organizmingiz va jismoniy sifatlaringizni rivojlantirish uchun murakkab mashqlar bajarish lozimligini bilib olasiz. Bundan tashqari, siz uchinchi sinfda qanday mashqlar bo‘lishini, ular bir-biri- dan nima bilan farq qilishini, ular qanaqa sifatlarni rivojlantirish uchun qo‘llanilishini, mashqlarni va undan qanday foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini bilib olasiz. Shu bilan bir- ga, jismoniy mashqlar majmuyi nimaligini va ularni qanday ketma-ketlikda bajarish-…
4 hosil qilasiz. Chindan ham jismoniy tar- biya va sport bilan muntazam shug‘ul- langan o‘quvchi qad-qomati kelishgan, ba- quvvat, kuchli, matonatli, epchil, chidamli, botir, mard, shijoatli bo‘lib voyaga yetadi. Ba’zi birlaringiz o‘zingiz yoqtirgan sport turlari bilan mustaqil ravishda shug‘ullana boshlagansiz va katta musobaqalarda qatnashib, o‘zingizni sinab ko‘rgansiz. Bunday bolalar ona-Vatanga munosib farzand bo‘lib ulg‘ayadi va uni himoya qiladi, el-yurt hurmatini qozonadi. Shuning uchun boshqa fanlar qatori jismoniy tar- biya darslarida beriladigan bilimlarni diq- qat bilan o‘rganing, topshirilgan mashqlar- ni astoydil bajaring. Chunki jismoniy tar- biya doim sog‘, bardam yurishingiz…
5 JISMONIY ÒARBIYA VA SPORÒGA OID NAZARIY BILIM ASOSLARI 1. Jismoniy tarbiya nima beradi? Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolot- ga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik ja- rayondir. Bu jarayonda aqliy, axloqiy, es- tetik va mehnat tarbiyasi amalga oshi- riladi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi – sog‘- lom, baquvvat, xushchaqchaq, botir, dov- yurak, jasur, har tomonlama rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor tur- gan kishilarni tarbiyalashdan iborat. Siz jismoniy tarbiya darslarida: – hayotda zarur bo‘ladigan juda ko‘p muhim harakat, ko‘nikma va malakalarni egallaysiz, jismonan yaxshi rivojlanasiz; – kishi hayotida jismoniy tarbiya juda katta ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetasiz; –…
Shunga o'xshash darsliklar