10-sinf Geografiya
10-sinf Geografiya darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 160 betdan iborat, 10-sinf Geografiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
UO‘T: 91 = 512.133(075.3) KBK: 26.8ya721 G-35 M u a l l i f l a r: Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova, V. A. Rafiqov M a s’ u l m u h a r r i r: M. T. Mirakmalov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geologiya va geografiya fakulteti geografiya kafedrasi dotsenti T a q r i z c h i l a r: O‘. Abdunazarov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geologiya va geografiya fakulteti Geografiya kafedrasi dotsenti; M. Abdullayeva – Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi; N. Rafiqova – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti Geoekologiya laboratoriyasi ilmiy xodimi; M. Avezov – Toshkent shahar Olmazor tumani 278-maktabning geografiya fani o‘qituvc…
3 1-§. GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMI HAQIDA TUSHUNCHA Ma’lumki, geografi ya eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, o‘rganadi- gan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, 5-sinfda Siz geografi yaga “Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan” deb berilgan ta’rif bilan tanishgansiz. Keyinchalik geografi ya fanining o‘rganish obyekti geografi k qobiq ekanligini ham bilib oldingiz. Geografi k qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (bio- sfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan geografi k qobiq inso…
4 Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijti- moiy-iqtisodiy geografiyaga bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq, u n in g komponentlari va Yer yuzidagi geotizimlarni tadqiq etsa, ik- kinchisi dunyo, uning mintaqa va mamlakatlari, shahar va qishloqlari miqyosida aholi, uning yashash tarzi va madaniyati, ishlab chiqarish sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi. Geografi k bilimlar qamrovi va hajmining kengayishi, fanning il miy- amaliy ahamiyatining chuqurlashuvi natijasida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografi ya tarkibida bir nechta mohiyatan torroq fan va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari shakllandi. Jumladan, tabiiy geografi ya doirasida alohida ta- biat komponentlarin…
Shunga o'xshash darsliklar