1-sinf Ingliz tili
1-sinf Ingliz tili darsligini TestMakon kutubxonasida onlayn o'qishingiz mumkin. Kitob 104 betdan iborat, 1-sinf English fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi — yuklab olish shart emas.
Kitobni varaqlab ko'ring
Kitobdan namuna
3 Aziz o‘qituvchilar va ota-onalar! Kids’ English o‘quv-metodik majmuasi sizning e’tiboringizga havola etilmoqda! Ushbu o‘quv-metodik majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan yangicha talablar va vazifalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilarga alifboni o‘rgatmasdan turib ingliz tilini o‘rgatish eng zamonaviy, eng ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda metodlar prinsipi asosida yaratildi. Shu o‘rinda hukumatimiz tomonidan olg‘a surilayotgan, alifboni o‘rgatmagan holda ingliz tilini butun bir kurs davomida o‘rgatish usuli jahon amaliyotida …
5 Lesson 1 Hello. My name’s Zumrad. 1-uy vazifasi: Farzandingizdan tong rasmini bo‘yashni tugallashini va “Good morning” (Xayrli tong) deb aytishini so‘rang. Agar farzandingiz bu salomlashuvni eslab qololmasa, buning hechqisi yo‘q. Mazkur salomlashuv to‘rt dars davomida ashula tarkibida takrorlanadi va farzandingizda uni yodlab olish uchun yetarli imkoniyat bo‘ladi. Ota-onalar uchun Unit 1 Greetings 2-uy vazifasi: Farzandingizning o‘z rasmini chizishiga yordam bering. Agar farzandingiz rasm chizishni yoqtirmasa, u rasm chizish o‘rniga o‘z fotosuratini yelimlab qo‘yishi mumkin. Farzandingizga “Salom. Mening ismim …” (Hello. My name’s …) deb ingliz tilida aytishiga yordam bering. Eslatma: Rasm…
Unit 1 Greetings Lesson 2 How are you? 7 How are you? OK. Uy vazifasi: Farzandingizga rasmni bo‘yashda yordam bering. Odamlar bir-birlari bilan salomlashganda hamda hol-ahvol so‘rashganda qanday iboralarni ishlatishlarini eslashiga yordam bering. “How are you?” (Qalaysiz? /Ahvolingiz yaxshimi?) savoliga javob berishini so‘rang. OK. / Good. / Great. / So-so. (Yaxshi. / Men yaxshiman. /Zo‘r. /Bo‘ladi.) javoblarini aytishiga qo‘l harakatlaringiz bilan yordam bering. Ota-onalar uchun
Shunga o'xshash darsliklar